Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vaagn Xachaturyan Armaniston prezidenti etib saylandi
Xachaturyan ovoz berishning birinchi turida ovozlar kamligi uchun saylanmagan, muxolifat saylovda qatnashishdan bosh tortgandi.
Foto: AP
Armaniston parlamenti ovoz berishning ikkinchi turida Vaagn Xachaturyanni mamlakat prezidentligiga sayladi.
Xabar qilinishicha, yagona nomzod – yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Vaagn Xachaturyan uchun 71 nafar deputat ovoz berdi.
Xachaturyan ovoz berishning birinchi turida ovozlar kamligi uchun saylanmagan, muxolifat saylovda qatnashishdan bosh tortgandi. O‘shanda unga 69 deputat ovoz bergan, birinchi turda saylanish uchun 81ta ovoz kerak edi. Ikkinchi turda esa prezidentlikka saylanish uchun 65ta ovoz yetarli bo‘ladi.
Armaniston parlament mamlakati bo‘lib, prezidentni parlament saylaydi.
Avvalroq mamlakat parlamenti prezident Armen Sarkisyanning iste’fosini ma’qullagandi.
Mavzuga oid
10:42 / 11.05.2026
Armaniston Rossiyadan “kindigini uzyaptimi”?
20:05 / 06.05.2026
Hatto Zelenskiy ham keldi: Yerevandagi sammitlar nimadan darak?
22:26 / 20.04.2026
Armanistonda 10 tonnaga yaqin Nestle bolalar ozuqasi yo‘q qilindi
14:42 / 17.02.2026