Vazir o‘qituvchilarga: «Test sizga bolani saralab beryaptimi, siz ham uni ma’nan majruh qilmay, o‘qitib bering»
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati yaxshi emasligiga oliy ta’limdagi muhit sababchidir. Bu haqda Abduqodir Toshqulov Buxoro davlat universitetida ta’lim sifati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlab o‘tdi.
«Xalq ta’limida ish ketmasligiga biz sababchimiz. Universitetda hozir bo‘layotgan g‘illi-g‘ashliklarni talaba bilib o‘tiribdi. U biladi qaysi o‘qituvchi uni nega fandan yiqityapti?
«Buning shogirdi bo‘lgani uchun», degan kayfiyat bor universitetda. U (talaba) borib maktabda ham muhitni bulg‘aydi ertaga.
Ko‘p aytishadi «maktabdan bilimli bola kelmayapti, shuning uchun oliy ta’limda sifat tushib ketdi», deb. Yo‘q, Oliy ta’lim vaziri sifatida men bu fikrlarga qo‘shilmayman. Biz maktabdan bilimli bolani seleksiya qilib olyapmiz. Testdan o‘tkazib olyapmiz. Bilimi bor u bolaning», - degan vazir.
Abduqodir Toshqulov ayrim o‘qituvchilar tomonidan oliy ta’limda sifat tushishiga super kontraktda o‘qiyotgan talabalar aybdor qilinishi ammo bu yanglish fikr ekanini ham qo‘shimcha qiladi.
«Kelasi yildan boshlab, avvalgi uch yilga nisbatan 10 foiz ham qolmaydi super kontrakt.
Xususiy universitetlar ko‘payib ketdi, endi odamlar bolasini super kontraktda o‘qitgandan ko‘ra, xususiy universitetlarda o‘qitishni ma’qul ko‘ryapti. Xususiy universitetlar kel bizga, deya yoshlarni bag‘riga olyapti.
Test sizga bolani seleksiya qilib beryaptimi, siz ham uni ma’nan majruh qilmay, mustaqil qilib o‘qitib bering.
Referat, prezentatsiya tayyorlash degani bu mustaqil ta’lim degani emas. Ko‘ring siz, dunyoning rivojlangan ta’lim muassasalari platformalariga kiring. Xo‘sh, ular qanday amaliyotlar o‘tkazyapti?
Kafedrangizni olib borib, ishlab chiqarish korxonasiga joylashtiring. Maktabda bitta kafedra qiling. Biologiya, ximiya, matematika. Adashmasam, xalq ta’limida 22 ta fan bor.
Universitetning pedagogik ta’lim yo‘nalishida 4 yil o‘qigan talaba maktabning kitobini varaqlamay, sizga boryapti», - deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri.
Mavzuga oid
16:34 / 01.11.2023
Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi
17:05 / 31.10.2023
Abduqodir Toshqulov ham prezident administratsiyasidan ketdi
15:21 / 24.07.2023
Maktab o‘qituvchilariga 7,8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi
07:31 / 14.07.2023