Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi parvozlar to‘xtatilmaydi – Uzbekistan Airways
Aviakompaniya matbuot xizmati O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar jadvalga muvofiq uzilishlarsiz amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
“So‘nggi kunlarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘xtatilishi haqida savollar kelib tushyapti. O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan aviaqatnovlar jadvalga muvofiq uzilishlarsiz amalga oshirilishini, xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, aviachiptalar bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish uchun yo‘lovchilarga aviachiptalarni rasmiy uzairways.com saytidan uch foizli chegirma bilan xarid chiqishlari mumkinligini eslatamiz”, – deydi Uzbekistan Airways AJ raisining matbuot kotibi Kamola Ikromova.
Avvalroq Rossiya tomonidan havo hududining bir qismi yopilishi bilan bog‘liq cheklovlar hisobga olinib, 3 martdan 26 martgacha O‘zbekiston – Sochi – O‘zbekiston yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar joriy etilgan edi.
Shuningdek, 13 va 20 martda Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
00:04
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga boradi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
10:28 / 25.04.2026
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
12:03 / 23.04.2026