Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda ota aliment o‘rniga farzandlariga 3 xonali uy berdi
Foto: Shutterstock
Ota ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment o‘rniga 3 xonali uy berdi.
MIB Toshkent viloyati axborot xizmatining xabar berishicha, byuroning Ohangaron shahar bo‘limi ish yurituvida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor S.Mo‘minovdan, undiruvchi M.Mo‘minova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ish mavjud.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor va undiruvchining o‘zaro kelishuviga asosan, qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi va farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment pullari hisoblanib, qarzdorga tegishli bo‘lgan, bahosi 200 mln so‘m bo‘lgan 3 xonali uy undiruvchining nomiga rasmiylashtirib berilgan.
Shu sabab ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlangan.
Mavzuga oid
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
23:27 / 29.04.2026
Ohangarondagi 14 yoshli qiz bilan bog‘liq holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi
21:30 / 24.04.2026
Ohangaronda 19 xil sifati kafolatlanmagan dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi
08:33 / 24.04.2026