Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron suv ombori böyiça tarqalgan xabarlar yuzasidan “Angren suv ta’minoti” AJ mutaxassislari hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mas’ullari iştirokida joyida örganiş işlari olib borildi.

Örganiş davomida Ohangaron suv ombori qirğoğida dam oliş maskani taşkil etilgani aniqlandi. Biroq hududda erkaklar va ayollar uçun alohida basseynlar qurilgan bölib, taşrif buyuruvçilar aynan şu basseynlarda çömilayotgani ma’lum böldi.

Rasmiylarga köra, Ohangaron suv omborining özida çömiliş qat’iyan taqiqlangan va mazkur talab doimiy ravişda nazorat qilinadi. Şuningdek, basseynlardan çiqariladigan suvlar suğoriş maqsadlarida foydalanilayotgani qayd etildi.

Mutaxassislar Angren şahrini içimlik suvi bilan ta’minlovçi suv inşootini ham közdan keçirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi ma’lumotiga köra, içimlik suvi sifati amaldagi sanitariya talablari asosida muntazam laboratoriya nazoratidan ötkazib kelinmoqda.

Qömita vakili ta’kidlaşiça, sönggi uç yil davomida Angren şahrida içimlik suvi sifati bilan boğliq salbiy holatlar qayd etilmagan. Suv sifati belgilangan grafik asosida doimiy monitoring qilinib kelinmoqda.

Örganiş natijalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim da’volar öz tasdiğini topmaganini körsatgan.

Mutasaddilar fuqarolarni axborot tarqatişda faqat işonçli va tasdiqlangan manbalarga tayanişga çaqirib, yolğon axborot tarqatganlik uçun qonunçilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi.