O‘zbekiston | 07:17 / 11.03.2022
2752
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Urganchdan Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi 

Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Uzbekistan Airways AJ Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent va Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar 2022 yilning 16 va 23 mart kunlari, Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha esa 17, 20 va 23 mart kunlari amalga oshiriladi.

Bundan avval Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid