Bugun dunyoning ikkinçi iqtisodiyotiga ega bölgan Xitoy ikkinçi jahon uruşidan keyin qoloq bir mamlakat edi. Uruşdan söng davom etgan 4 yillik fuqarolar uruşida SSSR tomonidan qöllangan kommunistlar ğalaba qozonadi. Mamlakat xalq respublikasi deb e’lon qilinadi va Mao Tszedun uning rahbari böladi.

Öşa paytda Xitoyda ahvol juda oğir, oziq-ovqat yetişmovçiligi bor bölib, millionlab odamlar yöqçilikda yaşardi. Mamlakat sotsialistik yöldan ketişi aniq bölgaç, SSSR tomonidan Xitoyga ança yordam körsatiladi. Ammo bu yetarli emas edi.

Foto: news.china.com
Xitoy hukumati oldida qişloq xöjaligi hamda iqtisodiyotda islohotlar ötkaziş va mamlakatni qoloqlikdan çiqariş vazifasi turardi. Amalda şunday islohotlar ötkaziladi. Ammo ularning foydasidan ziyoni köproq böladi. Öylamasdan qilingan iş ortidan uç yilda bir neça ön million kişi oçarçilik tufayli halok böladi.
Tabiatga qarşi çiqiş loyihasi
1957 yil 18 fevral kuni Xitoy kommunistik partiyasining navbatdagi s’yezdida Xitoyni rivojlantiriş böyiça «Katta sakraş» deb nomlangan dastur muhokama qilinadi. Bu dasturning hammualliflaridan biri öşa paytda Xitoy ta’lim vazirining örinbosari bölgan biolog Çjou Tszyan edi.
U öz dasturida qişloq xöjaligini rivojlantiriş va odamlarning qornini töydiriş uçun çumçuqlar va kalamuşlarni yoppasiga qirib bitirişni taklif qilgandi. Çjou Tszyanning hisob-kitoblariga köra mamlakatda yetiştirilayotgan buğdoyning katta qismini çumçuqlar va kalamuşlar yeb qöyyapti. Agar ular qirib taşlansa, millionlab odamlarni töydirsa böladigan buğdoyni asrab qoliş va mamlakat aholisini qaşşoqlikdan çiqariş mumkin böladi.
Kompartiya s’yezdida otaşin nutq sözlagan Çjou Tszya öz vaqtida Prussiya qiroli Buyuk Fridrix ham şunday yöl tutganini va ijobiy natijalarga erişgani haqida gapiradi.

Öşa paytda mamlakat rahbari bölib turgan Mao Tszedunni bu işga köndiriş qiyin bölmaydi. Örta maktab ta’limini oxirigaça yetkazmagan Mao Tszedun mamlakatdagi barça kalamuş va çumçuqlarni qirib bitiriş qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqida tasavvurga ham ega emasdi. Bu işning salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini bilganlar esa mamlakat rahbari rozilik bildirgan işga e’tiroz qila olmasdi. Şu tariqa Çjou Tszyanning taklifi qabul qilinadi.


















