Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston hukumatini iste’foga chiqardi
Turkmanistonning yangi saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasining to‘liq tarkibdagi iste’fosini qabul qildi. Turkmaniston televideniyesining «Vatan» axborot dasturida aytilishicha, vazirlarning iste’fosi Turkmaniston konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshirildi - yangi saylangan prezident inauguratsiya marosimi yakunida tegishli qarorni imzolagan.
Hujjatga ko‘ra, hukumat a’zolari yangi hukumat tuzilgunga qadar o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2007 yildan buyon Turkmaniston prezidenti bo‘lgan 2022 yil 11 fevral kuni Gurbanguli Berdimuhamedov hukumatni yosh avlodga topshirishga qaror qilgani, o‘zi esa parlament yuqori palatasi raisi bo‘lib qolishini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng uning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov nomzodi prezidentlik uchun ilgari surildi.
12 mart kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish jarayonida saylovchilarning 97,17 foizi yoki 3 million 362 ming 52 nafari ishtirok etdi. Markaziy saylov komissiyasi barcha byulletenlarni sanab chiqqach, 72,97 foiz ovoz olgan Demokratik partiyadan nomzod Serdar Berdimuhamedov g‘alaba qozongani e’lon qilindi.
Mavzuga oid
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
18:51 / 12.10.2024
Ashxoboddagi ko‘chaga prezidentni davolagan nemis shifokorining nomi berildi
13:35 / 08.10.2024