«Eng ilg‘or jangchi-2022»: o‘zbekistonlik harbiylar AQShda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari - kichik serjantlar Abdurasul Tuyg‘unov va Abdumalik Abdurahmonov 17-24 mart kunlari AQShning Missisipi shtati, “Camp Shelby” harbiy o‘quv bazasida bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or jangchi-2022” musobaqasida ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, musobaqada o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar AQSh Milliy gvardiyasining maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bilan kuch sinashdi.
Musobaqa davomida harbiy xizmatchilar yakka tarkibda jismoniy tayyorgarlik sinovlari (6 ta mashqni o‘z ichiga olgan fitnes test), jismoniy va ruhiy zo‘riqish yo‘lagidan o‘tish, tunda 15 km masofaga oriyentirlash, 15 kg yuk bilan 20 km masofaga marsh yugurish, jangovar va umumiy tayyorgarlik bo‘yicha test sinovlari, insho yozish, artilleriya olovini boshqarish, AQSh namunasidagi o‘qotar qurollarni noto‘liq qismlarga yoyish, yig‘ish va jangovar holatga keltirish, ulardan turli usul va sharoitlarda o‘q otish, kutilmagan mashqlar kabi shartlarni muvaffaqiyatli bajardi.
Musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan holda g‘olib bo‘ldi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 2019 va 2021 yillarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan.
26 mart kuni erta tongda g‘oliblar poytaxtdagi xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda harbiylar yutug‘i mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi, deya e’tirof etildi.
Mavzuga oid
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
17:22 / 17.11.2024