Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong aviakompaniyasi dunyodagi eng uzun aviareysni amalga oshiradi
Oraliq masofa 16 ming kilometrdan ortiq bo‘lib, yo‘lovchilar 17 soatga yaqin vaqt davomida parvoz qiladi.
Cathay Pacific aviakompaniyasi Rossiya osmonini chetlab o‘tib Nyu-Yorkdan Hongkongga dunyodagi eng uzun aviareysni amalga oshira boshlaydi, deb xabar berdi Bloomberg.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilar 17 soatga yaqin vaqt davomida parvoz qiladi.
Aviakompaniya Ukrainadagi nizo bois yo‘nalishni o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, deb yozadi agentlik.
Ilgari Cathay Pacific samolyotlari Arktika va Rossiya orqali parvoz qilgan bo‘lsa, endilikda laynerlar Atlantika okeani, Buyuk Britaniya, Janubiy Yevropa va Markaziy Osiyo orqali uchishiga to‘g‘ri keladi.
Oraliq masofa 16 ming kilometrdan ortiq bo‘lib, u dunyodagi eng uzun marshrutga aylanadi. Hozirda Singapore Airlines samolyotlari Singapurdan Nyu-Yorkkacha 15 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:50 / 10.06.2026
Hongkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026