OKMK 1-chorakda 239 mln dollardan ziyod eksportni amalga oshirdi
2022 yilning 1-choragida barcha belgilangan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarishga erishgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mahsulotlar eksportida ham samarali natijani qayd etdi.
Hisobot davrida OKMK tomonidan 239 155 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 155,3 foizga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, 17 978 tonna mis mahsulotlari eksport qilinib, vazifa 131,2 foizga uddalangan. Shu jumladan,16845 tonna mis katodi importyorlarga yuborilib, reja 146,5 foizga bajarilgan. Bundan tashqari, 1134 tonna mis quvurlari xorijlik hamkorlarga jo‘natilib, bu yo‘nalishda reja 113,4 foizga bajarildi.
Shuningdek, 14122 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, reja 176,5 foizga bajarilgan.
Qurilishda keng qo‘llaniladigan sement eksportida ham salmoqli natija qayd etildi. Xorijlik hamkorlarga 57 335 tonna sement yuborilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 205,1 foizlik o‘sish sur’atiga erishildi.
Molibden mahsulotlari eksportida ham yuqori natija kuzatilmoqda. Bu yo‘nalishda reja 173,9 foizga bajarilib, 209 tonna mahsulot xaridorlarga yetkazib berildi.
Bundan tashqari, 7931 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati ham eksport qilingan.
Hozirgi kunda kombinat mahsulotlarining eksport geografiyasi Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarni qamrab olgan.
OKMK Axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
17:00 / 02.11.2024
OKMKning 75 yilligi: O‘zbekiston sanoat faxri bo‘lgan kombinatda yirik o‘zgarishlar
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024
Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi
17:00 / 30.08.2024