Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiya va Belarusning qariyb 30 mlrd yevrolik aktivlarini muzlatdi
8 aprel kuni YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning beshinchi paketini tasdiqladi. Sanksiyalar ro‘yxatiga 217 nafar jismoniy va 18ta yuridik shaxs kiritilgan.
Foto: REUTERS/Vasily Fedosenko
Yevroittifoq hukumatlari Rossiya va Belarusning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslari va tashkilotlariga tegishli 29,5 mlrd yevrolik aktivlarini muzlatdi. Bu haqda Yevrokomissiya ma’lum qildi.
"YeIga a’zo davlatlarning yarmidan ortig‘i Yevrokomissiyaga aktivlarni muzlatish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berdi. Ular qiymati 29,5 mlrd yevrolik, jumladan, yaxtalar, vertolyotlar, ko‘chmas mulk hamda 6,7 mlrd yevrolik san’at asarlaridan iborat aktivlarni muzlatganini ma’lum qildi", - deyiladi Yevrokomissiya xabarida.
Shuningdek, 196 mlrd yevrolik tranzaksiyalar bloklangan.
8 aprel kuni YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning beshinchi paketini tasdiqladi. Sanksiyalar ro‘yxatiga 217 nafar jismoniy va 18ta yuridik shaxs kiritilgan.
2014 yildan buyon YeI Rossiyaning 1091 nafar jismoniy shaxsi va 80ta tashkilotiga nisbatan sanksiyalar joriy etdi.
Mavzuga oid
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
14:18 / 07.02.2026
Rossiya aviachipta bron qilishning Leonardo tizimini milliylashtirmoqchi
14:14 / 07.02.2026