17:35 / 09.04.2022
1327

Qarshi shahrida yonilg‘i tashuvchi maxsus mashina yonib ketdi

Yong‘in oqibatida yonilg‘i tashuvchi maxsus mashinaning kabinasi va motor qismi butunlay yonib ketgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 9 aprel kuni soat 15:12 larda Qarshi shahar FVBga yonilg‘i tashuvchi maxsus mashinada yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, soat 15:23 larda voqea joyiga 1 ta bo‘linma yetib borib, soat 15:29 larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Yog‘in oqibatida Qarshi shahridagi “STAR OIL” avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi hovlisida, Qarshi tumani “Ko‘chkak” MFYda yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan  A.X. boshqaruvida bo‘lgan yonilg‘i tashuvchi maxsus mashinaning kabinasi va motor qismi yonib ketgan.

Qayd etilishicha, yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda uning sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top