Jahon | 20:47 / 09.04.2022
25704
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrodiplomatiya rahbari Ukrainadagi nizo harbiy yo‘l bilan hal qilinishini aytdi 

YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Kiyevga tashrifi davomida Ukrainadagi nizo harbiy yo‘l bilan hal qilinishi kerakligini aytdi.

Foto: Josep Borrell Fontelles

"Bu urushni jang maydonida yutish kerak", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Borrel, shuningdek, Ukraina qurol sotib olishi uchun qo‘shimcha 500 mln yevro ajratilganini eslatib o‘tdi. 

U Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini va bu mavzu YeI tashqi ishlar vazirlarining 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida muhokama qilinishini bildirdi.

Jozep Borrel Ukrainaga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen boshchiligidagi delegatsiya tarkibida kelgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid