Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen poyezdda Polşaning Pşemisl şahridan Kiyevga jönab ketdi. 

Xabar qilinişiça, fon der Lyayyen Kiyevga YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel, Slovakiya boş vaziri  Eduard Heger va qator yevroparlamentariylardan iborat delegatsiya tarkibida taşrif buyuradi. 

U Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşişi rejalaştirilgan. 

Mart örtalarida Sloveniya boş vaziri Yanez Yanş, Polşa va Çexiya hukumatlari rahbarlari Mateuş Moravetskiy va Petr Fiala Kiyevda Zelenskiy bilan uçraşuv ötkazgandi. 

Ular öşanda Ğarbning boşqa yetakçilarini ham Kiyevga taşrif buyurişga çaqirgandi.