O‘zbekiston tarixidagi ilk «Tashabbuskor budjet elchilari» ma’lum qilindi
Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «Tashabbuskor budjet elchilari» tanlovining ilk g‘oliblari e’lon qilindi.
«Biz “Tashabbusli budjet” jarayonlarining birinchi mavsumi yakunlangani sababli eng faol 50ta loyiha mualliflarining dastlabki ro‘yxati va shuningdek “Ilk tashabbuskor budjet elchilari” jurnalini taqdim etgan holda tez kunda g‘olib talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Quyidagi talabalar noutbuk sohibiga aylanishdi:
1) Asadulla Ortiqov, Termiz davlat universiteti (11 035 ta ovoz);
2) Diyorbek Mamatqulov, Toshkent davlat yuridik universiteti (10 167 ta ovoz);
3) Emomali Hamroqulov, Denov jamoat salomatlik texnikumi (9 908 ta ovoz);
4) Boybek Sulaymonov, Toshkent davlat transport universiteti (6 651 ta ovoz);
5) Doniyorbek Nazirjonov, Farg‘ona politexnika instituti (5 762 ta ovoz).
Ayrim g‘olib talabalar bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagani sababli ro‘yxatda keltirilgan talabalar quyidagi telefon raqami yoki Telegram messenjeri orqali vazirlik xodimlari bilan bog‘lanishi so‘ralgan: (71) 239 88 91, @MoliyaPress
Avvalroq, «Tashabbusli budjet» tizimida talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, tashabbusi o‘z hududida g‘olib bo‘lgan va eng ko‘p ovoz olgan 50 nafar talabaga «Tashabbuskor budjet elchisi» maxsus unvoni berilib, munosib taqdirlanishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:07 / 06.02.2023
Muammolarni tezroq hal qilish imkoni: “Tashabbusli budjet” boshlandi
18:26 / 24.11.2022
Toshkentning biqinidagi 30 yildan beri asfalt ko‘rmagan ko‘chalar. Hokimlik 1 so‘m ham ajrata olmasligini aytdi
19:01 / 11.10.2022
Yangi g‘oliblar va 3,5 karra ko‘p mablag‘ - Prezident “Tashabbusli budjet” bo‘yicha yangiliklarni e’lon qildi
11:05 / 07.10.2022