«1-qadam: «Oçiq budjet» axborot portalida röyxatdan öting va öz taşabbusingizni qoldiring (kasbni ifodalovçi ustunda talaba ekaningizni körsatişni unutmang).
2-qadam: Tanlov boşlanganidan söng, turli ijtimoiy tarmoqlarda taşabbusingizni ommalaştiriş va fuqarolar, yaqinlaringiz, döstlaringiz örtasida ovoz töplaşingiz zarur.
3-qadam: Tanlov yakunida Top-50 loyiha tanlab olinadi. Eng köp ovoz va layk töplagan iştirokçi ğolib deb topiladi», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.
Ğoliblarga:
- 1–5-öringa – noutbuk
- 6–15-öringa – planşet
- 16–25-öringa – elektron kitob qurilmasi (Kindle)
- 26–36-öringa – «aqlli» soat
- 37–50-öringa – quloqçin topşiriladi.
Tanlovda ğolib bölgan 50 nafar eng yaxşi iştirokçi «Taşabbuskor budjet elçisi» deb e’lon qilinadi va Moliya vazirligida amaliyot ötaş imkoniyatini qölga kiritadi. Ular uçun moliya tizimining yetakçi mutaxassislari tomonidan öquv treninglari ötkaziladi.

















