Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya muxolifati yetakchisi Erdo‘g‘anga ma’naviy zarar yetkazgani uchun 165 ming lira tovon to‘laydi
Erdo‘g‘an Qilichdoro‘g‘liga qarshi ma’naviy zarar to‘lash talabi bilan to‘rtta da’vo kiritgandi.
Turkiya oliy sudi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning respublika-xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘liga qarshi da’vosini qanoatlantirdi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘li davlat rahbariga 165 ming lira (11,3 ming dollarga yaqin) miqdorida tovon puli to‘laydi.
Avvalroq Erdo‘g‘an Qilichdoro‘g‘liga qarshi ma’naviy zarar to‘lash talabi bilan to‘rtta da’vo kiritgandi.
Prezidentning advokati Husayn Oydinning ma’lum qilishicha, sud muxolifat yetakchisining ayrim gaplarini so‘z erkinligi me’yorlaridan chiqish, ayrim so‘zlarini esa Erdo‘g‘anga nisbatan shaxsiy tajovuz deb topgan.
Qilichdoro‘g‘li o‘z chiqishlarida va ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya prezidentiga nisbatan bir necha marta tanqidiy fikrlar bildirgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026