Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iordaniya Isroildan Al-Aqso masjididagi politsiya kuchlarini olib chiqib ketishni talab qildi
Ayman as Safodiyning so‘zlariga ko‘ra, Iordaniya "Ramazon oyida Sharqiy Quddusdagi dindorlarning islom qadamjolariga cheklovlarsiz kirishi ta’minlanishiga va barcha provokatsion harakatlar to‘xtatilishiga" erishadi.
Isroil Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududidagi politsiya va maxsus kuchlar otryadlarini zudlik bilan olib chiqib ketishi kerak. Iordaniya bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Ayman as Safodiy ana shunday talab bilan chiqdi.
"Biz muqaddas Al-Aqso masjidining Isroil politsiyasi va maxsus kuchlar tomonidan egallab olinishi va taqvodorlarga hujum qilinishini keskin qoralaymiz. Isroil istilochi davlat sifatida xalqaro gumanitar huquqqa muvofiq o‘z majburiyatlariga rioya qilishi lozim", - dedi u.
Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Iordaniya "Ramazon oyida Sharqiy Quddusdagi dindorlarning islom qadamjolariga cheklovlarsiz kirishi ta’minlanishiga va barcha provokatsion harakatlar to‘xtatilishiga" erishadi.
O‘z navbatida, Al-Aqso masjidi imomi shayx Akram Sabriy "falastinliklar milliy huquqlarini himoya qilishda faqat o‘z kuchlariga tayanishi"ni bildirdi.
Shayx Sabriy Quddusdagi masjidda sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarga Isroil kuchlari qo‘llab-quvvatlagan yahudiy aholisining provokatsiyasi sabab bo‘lganini aytdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya bilan to‘qnashuvlardan so‘ng 153 nafar arab millatiga mansub aholiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, yana 30 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvlarda ishtirok etgan 400ga yaqin kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026