Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yirik naşrlarga intervyu berişda davom etmoqda. Bu gal Ukraina yetakçisi Britaniyaning BBC naşri muxbiri Klayv Mayriga intervyu berdi. Suhbat davomida Zelenskiy Donbass uçun bölişi kutilayotgan jang, çökib ketgan Rossiya kemasi, nega Kiyevdan ketmagani va yana köplab savollarga javob berdi.

BBC: Janob prezident, avvalo biz bilan suhbatlaşişga rozi bölganingiz uçun taşakkur. Rossiya mudofaa vazirligi jangovar kemasi Qora dengizga çökib ketganini tan oldi. Bu haqda nima deb öylaysiz? Bu Rossiyaning harbiy kampaniyasiga berilgan muhim zarba böldimi?

Zelenskiy: Töğrisi, hozir faqat öz harbiylarimiz haqida öylamoqdaman, ular vatanimizni himoya qilişyapti. Bosqinçi Rossiya armiyasida sodir böladigan narsalarning esa menga qiziği yöq. Ularning armiyasi kuçsizlansa, bu faqat yaxşi.

BBC: Rossiya hududiga ham hujumlar amalga oşirildi, xususan, Belgoroddagi neft bazasiga. Rossiya bunday işlar davom etsa, Kiyevga zarbalar berilişi bilan tahdid qildi. Bu tahdidlarni qanday qabul qilasiz?

Zelenskiy: Barça tahdidlarga jiddiy qaraymiz, çunki ular oqibatida odamlarimiz halok bölişi mumkin. Ammo ularning heç biridan qörqmaymiz. Rossiyaning tahdidlariga munosib javob berişimiz kerak. Ular 2014 yildan buyon köp yerlarimizni bosib olişdi, Qrimni olişdi-da hamma yerda bu bizning yerimiz, deb jar solişdi. Aytişlariça, bizning yerimiz bölmiş Qrimda nimadir qilinsa, bizga raketa zarbalari bilan javob berişarkan.

Menda savollar juda köp. Rossiya harbiylari 24 fevral kuni Ukrainani Belarus hududidan öqqa tutişgani nima deb ataladi? Ular nimani himoya qilişdi? Ularning özlari ham nima haqida gapirayotganlarini bilmay çalğib ketişmoqda. Bosib olingan Donetsk haqida ham şunday deyiş mumkin. Ular Donetskda teraktlar uyuştirib, bizni ayblaşdi. Vaholanki öşa vaqtda bizda hududga kiriş imkoni yöq edi.

Hozir ham şunday, Ukraina janubidagi hududlarga kiriş imkonimiz yöq: Melitopol, Berdyansk, Mariupol, Zaporojyega boriş yöli töliq tösilgan. U yerlarda portlaşlar töxtamayapti. Rossiyaliklar u yerlardagi ukrainaliklarga hammasini biz qilayotganimizni aytişmoqda. Çunki bosib olingan joylarda televideniye körsatmaydi, mobil aloqa uzilgan, internet yöq. Ular haqiqatni heç qayerdan eşita olişmaydi. Bu katta muammo.

BBC: Harbiy harakatlar şarqqa köçmoqda, Rossiya u yerda askar töplamoqda. Şarqdagi janglar Ukraina armiyasi uçun qançalik qiyin böladi?

Zelenskiy: Donbass uçun jang eng oğir vaziyat. U yerda eng yaxşi qöşinlarimiz mudofaaga şaylangan. Bu bosqin va uruşning hal qiluvçi burilişi böladi. Ular ixtiyorlarida bölgan barça qöşinlarini u yerga taşlaşadi. Bu jangga Rossiyaning hamma yeridan, Vladivostokdan va hatto Suriyadan bizning 44 ming kişilik guruhimizni örab oliş uçun askar taşlanmoqda. Şu tariqa butun Donbassni egallab olişmoqçi.

Ular faqat hududlarni egallab oliş bilan çeklanmayapti, hamma narsani vayron qilişmoqda, odamlarni zörlab, talonçilik qilişmoqda. Ular bizning millatimizni toptamoqda. Ularning maqsadi aynan şu.

BBC: Şarqda kuraşiş uçun yetarliça qurol olyapsizmi? Axir Kiyevdagidan qiyinroq jang böladi.

Zelenskiy: Qurol olişda davom etyapmiz. Ammo bu jarayon juda sekin keçmoqda. Ba’zan hamma muammoni şunçaki telefonda yoki videoformatda gaplaşib hal qiliş mumkin. Davlat rahbarlari bilan uçraşuv taşkil qilib, biror nimani kelişiş uçun haftalar, yillar kerak böladi. Qurol oliş jarayoni ham şunday.

Biz bugun urişişimiz kerak, qurol bizga bugun kerak. Şu sabab qaysidir davlat qurolni belgilangan qoidalar tasdiqlangaç berişini kutib tura olmaymiz. Bu uçun 2-3 hafta, hatto oylab vaqt ketadi. AQŞ, Britaniya va Yevropa davlatlari bizga yordam berişni istaşadi va yordam bermoqda ham. Ammo bu jarayon tezroq bölişini istaymiz. Uruş uçun qurolimiz yetarlimi? Biz bunday deb öylamaymiz. Uruş qança davom etişi ham biz qurollarni qançalik tez qölga kiritişimizga boğliq böladi.

BBC: Rossiyalik harbiylar talonçilik qilayotgani, hamma yerni vayron qilayotgani haqida gapirdingiz. Ayting-çi, şarqdagi odamlarning holatidan qançalik xavotirdasiz?

Zelenskiy: Juda xavotirdaman. Masalan, Volnovaxani olsak, u yerda odamlar yöq böladi, ularni yöq qilişdi. Ya’ni ketmaganlarni yöq qilişdi. U yerda uy ham, tiriklik alomatlari ham yöq. Bu meni albatta xavotirga soladi. Eng dahşati şuki, ular odamlarni millatçilardan ozod qiliş uçun kelganlarini aytişmoqda. Aslida esa ular bu hududlarni tiriklikdan mahrum qilişdi. Şaharlar tozalandi, millatçilardan emas, odamlardan tozalandi.

Ular doim nimanidir himoya qilayotgani, «rossiyaça tinçlik» haqida gapirmoqda. Ammo bu oçiq uruş, u yerlarda tinçlikning nafasi sezilmayapti.

BBC: Mariupolda ham juda köp odam öldi deb öylaysizmi?

Zelenskiy: Mariupolda şaharning 95 foizi yöq qilingan. Bu nafaqat Ukrainadagi, balki Yevropadagi eng katta şaharlardan biri edi. Mariupolda 500 ming nafar odam yaşardi, tasavvur qilyapsizmi? Qança odam ölgani, qançasi qolganini heç kim bilmaydi.

Associated Press naşrining Mariupolda bölib qaytgan ikki jurnalisti bilan gaplaşdim. Ular şaharning holatidan şunçalik hayratga tuşganki, bundayin hayrat Yer aholisiga tegişli emas deyiş mumkin. Bu yigitlar qanday qilib bu işlar sodir bölganini tuşuna olmayapti. Albatta, kelajakda qança odam ölganini aniqlaymiz, ammo hozir buning imkoni yöq. Ular özlari bilan köçma krematoriylar (jasad yoqiladigan peç) olib yurişganini bilasizmi?

BBC: Rossiyalik harbiylar ukrainaliklarni öldirib, keyin yoqib yuborişga möljallangan mobil krematoriylar olib yurgani tasdiqlandimi?

Zelenskiy: Ha, buni köpçilik körgan. Ular dalillar kamroq bölişi uçun jasadlarni yoqib yuborişgan. Ammo hamma dalillarni yöq qilib bölmaydi-ku. Buni Buçada, Borodyanka va Dmitrovda kördik. Har qanaqasiga dalillar qoladi, ularning hammasini yöq qilib bölmaydi.

Mariupolda ham bu iş bölgan. Biz u yerdan 100 minglab odamlarni çiqarib oldik, ammo ön minglab odamlar ölgan bölişi mumkin. Donetsk gubernatorining aytişiça, Mariupolda 20 ming atrofida ukrainalik halok bölgan. Kimdir özining ulovida qutulib qolgan bölişi mumkin, biz öz maşinasi borlarga Zaporojye tomonga ötişiga imkon yaratgandik. Şuningdek, Rossiya bosqinçilari tomonga olib ketilganlar taqdiri nima keçganini bilmaymiz.

Ön minglab odamlarimiz avval Rossiya egallagan hududlarga olib ketilgani, keyin Rossiyaga ötkazilganidan xabarimiz bor. Yana ön minglab odamlar bedarak yöqolgan. Rossiyaga ketganlarning ba’zilari maxsus lagerlarga olib ketilgan, qolganlar yana boşqa joylarga. Bu insonlarning taqdiri nima keçgani haqida hatto Qizil xoç ham heç qanday ma’lumot bermayapti. Faqat telefoni bor va özi haqida ma’lumot berganlarning aytganlarini bilamiz.

Bosib olingan hududlardagi odamlarimizni tuşunaman. Ular uzoq vaqt suvsiz, ovqatsiz va heç narsasiz qolgan bir vaqtda mana, rus pasportini oling, deyişgan. Ular orasida yoş bolali onalar ham bor. Ataylab şunday qilişgan, axir bu ularning siyosati.

Bu uruş emas, genotsid. Aytganlarini qilişmasa, sizga non berişmaydi. Buning nomi genotsid bölmay nima? Putin va harbiylari buni operatsiya deyişmoqda. Qanaqa operatsiya? Tirik jon hayotini burda nonga almaşişi operatsiya deyiladimi?

BBC: Putin harbiy jinoyatçimi?

Zelenskiy: Buyruq berganlar, ularni boşqarganlar, qatnaşgan harbiylar – hammasi harbiy jinoyatçilardir. Eng tepadagilaridan boşlab.

BBC: Siz Putin haqida bunday öylasangiz, u bilan qanday muzokaralar stoliga ötirişingiz mumkin?

Zelenskiy: Uruşni yana qanday töxtatiş mumkin? Uruş qilayotgan davlat prezidentida uni töxtatiş uçun variantlar köp deb öylaysizmi? Ba’zi davlatlar istayotgandek oxirgi ukrainalik qolgunça urişiş kerakmi? Yöq, millionlab odamlarning hayotini saqlab qoliş, uçinçi jahon uruşining oldini oliş kerak. Hammasi tezroq tugaşi, Ukraina 100 foiz vayron qilinmasligi uçun qölimizdan kelganini qilişimiz zarur.

Muammoni hal qilişning yöllaridan biri muloqotdir. Aksar uruşlar şunday yakun topgan. Biz [muzokaralarda] konkret narsalar haqida gaplaşişimiz kerak. Ha, gaplaşiş qiyin, ha, hissiyotlar jöşib turibdi. Ammo bu qaçondir sodir bölişi kerak. Işoning, bu menga dam oliş kunlarida beriladigan sovğadek yoqimli emas, şunçaki imkoniyatlardan biri.

Buça voqealari – muzokaralarni töxtatişi mumkin bölgan narsa, Mariupol va Borodyanka ham. Ammo men muloqotni töxtatib qöya olmayman. Prezidentligimning dastlabki ikki yilida u bilan (Putin bilan) gaplaşiş, körişiş, muzokara ötkaziş, şarqdagi uruşni töxtatiş uçun qölimdan kelganini qildim. Va yölini topdim ham. Çunki bu mening burçim edi.

Hozir esa buning uçun variantlar köp emas. Vaqt ham oz. Rossiya ham bu haqda öylaşi kerak. Ha, ular bizni yöq qilib yuborişlari mumkin, lekin bu uçun javob berişadi. Ular bizni qirib taşlaşlari mumkin, ammo özlari ham ölib ketadilar. Töğrisi, ular nega bu yerga kelganini tuşunmayman. Oddiy rossiyaliklar ham tuşunmasliklarini bilaman. Hozir televideniye sabab, propaganda sabab ular biz bilan urişişni istamoqda. Bu biz uçun ham, ularning öz tarixi uçun ham dahşatning özginasi.

Şunaqa gaplar. Biz ular bilan qöşnimiz, boşqa sayyoraga yoki boşqa Yerga keta olmaymiz. Aniği şuki, nima uçun urişayotganimizni bilamiz.

BBC: Yiğladingizmi?

Zelenskiy: Yöq.

BBC: Vatandoşlaringiz ölganida yiğladingizmi? Buçaga borib, holatni kördingiz, u yerda nimalarni his qildingiz?

Zelenskiy: Qörqinçli hissiyotlarni. Bu şunçaki vahşiylik. Buçadagi holatni körgaç, nafratdan boşqa narsa his qilmadim. Rossiya harbiylariga bölgan nafrat. Bilasizmi bu nimaga öxşaydi? Avvaliga ğazablanasan, keyin yiğlab yuborişing mumkin, keyin bu işni qilganlarga nisbatan heç nima his qilmayotgandek bölasan, oxirida esa nafrat keladi.

BBC: Xalqingizni hozirgi holatga tayyorlay oldingizmi? Uruşdan avval keragidan ortiq xotirjam bölib, hammasi joyida bölişiga ortiqça işonç bildirmadingizmi?

Zelenskiy: Uruşga tayyorlaniş köp bosqiçda amalga oşiriladigan holat. Iqtisodni barqaror uşlaş kerak, millat birlaşişi lozim. Bir söz bilan aytganda, mamlakat içida stabillik bölişi, yordam bera oladigan hamkorlar bilan ham muloqotni joyiga qöyiş kerak.

Ular boşlanişiga mamlakatdagi birdamlikni yöqotişga harakat qilişdi. Tabiiyki biz heç qanday sarosima bölişini istamadik. Öşa vaqt biz tayyorlanişimiz kerak edi, pulga, qurolga muhtoj edik. Va biz kerakli işni qildik. Ba’zi kelişuvlarni e’lon qilmay amalga oşirdik. Menimça, uruşdan avval blogerga öxşab avtomat bilan suratga tuşib, tankda selfi qiliş şart emas. Biz kerakli tayyorgarlikni qildik.

Rossiya odamlarimiz bankdan valuta sotib olib, Ukrainadan çiqib ketişini istadi. Nafaqat Rossiya, yana boşqa davlatlar ham. Bunga yöl qöymadik, qölimizdan kelgan hamma işni qildik. Ammo bu darajada bosqin bölişini kutmagandik. Ha, xavf bor edi, ba’zi narsalarni davlatlar bilan dekabrdayoq kelişib bölgandik. Rossiya bizga istalgan vaqtda hujum qilişini bilardik. Çunki uruş 2014 yildan buyon davom etmoqda.

Ular bosqinni boşlaş uçun mamlakatdagi holat beqarorlaşişini kutgan. Ular kimlarga işonganini ham bilardik. Ularning odamlari bizdagi biznes vakillari orasida, razvedka va xavfsizlik xizmatida ham borligidan xabarimiz bor edi.

Şu sabab odamlar tuşkunlikka tuşmasligi muhim edi. Bu orqali biz vaqtdan yutib bunday darajadagi bosqindan himoyalaniş uçun yetarli bölmagan qurollarni hamkorlardan olişimiz mumkin edi. Albatta, bizda ham qurollar bor edi, lekin bizga hujum qilgan dunyodagi eng katta armiyaga ega davlatlardan biri ekanini unutmaslik kerak. Bunday uruşga birgina davlatning turib berişi qiyin. Şu sabab NATOga kirişni istadik. Şu sabab mamlakatda barqarorlikni saqlaşga urindik. Şu sabab Rossiya pul sarflaydigan Ukraina içidagi siyosiy harakatlarga qarşi kuraşdik. Uruşga tayyorgarlikni ança avval boşlagandik.

BBC: Şarqdagi vaziyatni NATOga kiriş uçun barqarorlaştirmoqçimisiz? Zero urişayotgan davlat NATOga qabul qilinmaydi.

Zelenskiy: Ukrainaday davlatni dunyoning eng katta armiyalaridan biriga qarşi uruşda yolğiz taşlab qöymaslik kerak demoqçi edim. NATO esa bunday vaziyatdan çiqiş uçun çoralardan biri edi. Agar NATOdagilar bizni qabul qilib, 5-tuzatişni amalga kiritib, biz uçun urişişmas ekan, şunçaki NATO davlatlari oladigan qurollarga ega bölişni istadik. Ya’ni bizga uruşda turib beriş uçun alyansning muqobili kerak edi.

Siz aytgan gap köplab davlatlar uçun yaxşigina bahona hisoblanadi. Bosqinga qadar heç kim bizdagi holatni uruş demasdi, hamma Ukraina şarqidagi mojaro derdi. Bizni NATOga qöşiş masalasi kötarilganda esa «Iye, qanaqasiga, bu davlatning bir burçagida uruş bölyapti-ku» deyişardi.

BBC: Uruş boşlangandan buyon 4,5 million ukrainalik qoçoqlar mamlakatni tark etdi. Ular Yevropadan qönim topdi va Yevropa oçiq eşiklar siyosatini qölladi. Britaniya boşqa davlatlarga qaraganda ança kam qoçoqlarni qabul qildi. Britaniya ukrainalik qoçoqlar uçun yetarliça yordam qildi deb öylaysizmi?

Zelenskiy: Uruş boşlangandan buyon 11 million odam öz uyini tark etişga majbur böldi. 4,5 million odam boşqa davlatlarga ketdi. Odamlar asosan yaqin davlatlarga ketişga harakat qilişdi. Avvalo Polşaga, Ruminiyaga, Litvaga, kimdir Vengriyaga, kimdir Moldovaga ketdi. Ha, Britaniyaga kam sonli ukrainaliklar ketdi, ammo bu meni ajablantirmaydi, çunki uzoq davlat.

Sörovlarga köra Ukrainadan çiqib ketganlarning 93-95 foizi ortga qaytişni istaydi. 93 foiz odam tez orada qaytmoqçi. Odamlar Ukraina diasporalari bölgan davlatlarga, Italiya, Portugaliya va hatto Kanadaga ketişmoqda. Çunki u yerdagi ukrainlar qöllab-quvvatlaşiga umid qilişyapti. Britaniya esa qimmat davlat, qisqa muddat qoladiganlarga töğri kelmaydi. Vizasiz rejim muammosi ham bor. Ukrainaliklar Yevropaga viza bilan kirişi kerak. Boris Jonson bilan bu masalani muhokama qildik, heç bölmasa talabalar uçun vizasiz kiriş imkonini beradigan qandaydir dasturlar kerakligini aytdim.

BBC: Ukrainaliklar uçun Britaniyaga kirişda belgilangan viza rejimini bekor qiliş kerak deb öylaysizmi?

Zelenskiy: Hozirgi holatda viza tizimi yumşatilişi kerak deb hisoblayman. Yuqorida aytganimdek aksar odamlar qaytişni istaydi, dunyo esa bu odamlarga imkon berişi kerak. Gap şunçaki Ukrainada yaşaşni istamay Britaniyaga işlagani borayotgan migrantlar haqida bormayapti. Biz vatanimizga kelib odamlarni uyidan çiqib ketişga majbur qilgan zulmkor kuç haqida gapiryapmiz. Dunyo şunçaki Ukrainaga imkon berişi kerak.

Britaniya talabalarimiz uçun eşigini oçsa bölardi. Bu Britaniya uçun emas, Ukrainaning özi uçun muammo aslida. Prezident sifatida men bundan xavotirga tuşaman. Çunki talabalar aqlli odamlar böladi, ular Britaniya oliygohlariga öqişga kirsa, qaytib kelmasligi mumkin. Bu esa Ukrainaning intellektual salohiyati uçun yöqotişdir.

Jonson bizga yordam berişni istamoqda va yordam beryapti ham. Odamlar maydonlarda bizni qöllamoqda, biz bularning hammasini körib turibmiz. Jonson Kiyevga keldi, hukumat bizga yordam bermoqda, stringerlar yuboryapti. Ammo bu kam, bu haqda oçiq gapiraman, çunki Jonson bilan yaxşi munosabatdamiz.

Bir safar Baydenga ham aytdim, siz bilan juda oçiq gaplaşayotgan bölsam keçiring, lekin tuşuning, men uruşdaman, dedim. Bayden meni tuşunişini, örnimda bölganida u ham şunday qilişini aytdi.

BBC: Yevropa Rossiyaga har kuni neft va gaz uçun milliardlab dollar tölaydi. Ukraina xalqiga ham Yevropa uruş vaqtida milliardlab dollar berdi. Buni qanday baholaysiz?

Zelenskiy: Har kuni şu bilan kuraşyapmiz. Lekin biz terrorçi emasmiz, heç kimga tahdid qila olmaymiz. Faqat vatanimizga bostirib kelgan bosqinçiga jiddiy qarşilik bilan tahdid qila olişimiz mumkin. Hamkorlarimizga qaysi sanksiyalar işlayotgani, qaysilari esa samara bermayotgani haqida ma’lumotlar beryapmiz.

Qon tökilişi evaziga qanday pul işlaş mumkin tuşunmayman. Afsuski ba’zi davlatlar şunday qilmoqda, Yevropa davlatlari.

Ha, Rossiya neft orqali kuniga milliardlab dollar pul işlamoqda. Rus neftiga embargo qöyiş prinsipial masala. Britaniya va AQŞ ham biz bilan birga bu borada bosim qilmoqda. Yevropa davlatlari orasida Germaniya va Vengriya neft embargosiga qarşilik qilişdi. Bu davlatlar bilan alohida gaplaşib olişimiz kerak.

Bunday tortişuvlar avval ham bölgandi. Germaniya kansleri Merkelga şunday degandim: «Agar hozir ularni töxtatmasak, keyingi yönaliş Polşa böladi. Hozir bizning çegaramizda turgan harbiylar öşanda sizning çegarangizda turadi. Ayting-çi, öşanda ham xalqingiz oldiga çiqib uruş öz yöliga, bu şunçaki biznes, bu iqtisodiyot deya olasizmi? Ya’ni bir qöl bilan öq uzib, ikkinçi qölingiz bilan pul topişda davom etasizmi?»

BBC: Uruş vaqtida AQŞ va Yevropa davlatlarining razvedka ma’lumotlarini olyapsizmi?

Zelenskiy: Bizning razvedka taşkilotlarimiz hamkorlikda işlamoqda.

BBC: Uruş boşlangaç nega Kiyevda qoldingiz?

Zelenskiy: Qanday ketişim mumkin? Vatanimga, vatandoşlarimga nima bölayotganiga qanday befarq qarab turaman? Bu imkonsiz, bu narsa xayolimga ham kelgani yöq. Bunaqa öylaganimda prezident bölmasdim. Ketganimda mamlakatda parokandalik boşlanardi. Prezident, hukumat, qurolli kuçlar va xalq hozirgidek birdam bölmasdi.

BBC: Bölib ötgan voqealardan keyin kelajakka bölgan umidni qanday saqlab qolyapsiz?

Zelenskiy: Bu umid emas, işonç.

BBC: Ğalaba qozonişingizga işonasizmi?

Zelenskiy: Ha, albatta.