Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroil xavfli harakat qilgan taqdirda uning markaziga zarba berishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi
O‘tgan haftada Isroil harbiy-havo kuchlari Damashqdagi Eron havo hujumidan mudofaa qurilmalari va radarlari joylashtirilgan hududlarga zarba bergandi.
Isroil harbiy-havo kuchlari Damashqdagi Eron havo hujumidan mudofaa qurilmalari va radarlari joylashtirilgan hududlarga zarba berdi.
Eron qurolli kuchlari Isroil tomonidan xavfli harakat amalga oshirilgan taqdirda mamlakatning markaziy rayonlariga zarba beradi. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy milliy armiya kuni bayrami tantanalarida aytdi.
"Agar sizlar tomondan millatimizga nisbatan tahdid soluvchi ozgina harakat amalga oshiriladigan bo‘lsa, Isroil rejimining markazi qurolli kuchlarimiz nishoniga aylanadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan IRNA agentligi.
Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, "Isroil mintaqa mamlakatlari bilan munosabatlarni yaxshilashga urinmoqda, shu sababli Isroil kuchlarining bu mamlakatlardagi kichik harakati ham Eron qurolli kuchlari va razvedkasi e’tiboridan chetda qolmaydi".
15 aprel kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Damashqdagi Eron havo hujumidan mudofaa qurilmalari va radarlari joylashtirilgan hududlarga zarba berdi.
Al-Hadath telekanalining xabariga ko‘ra, "Hizbulloh" bazasiga Eron dronlarini olib ketayotgan harbiy kolonnaga ham zarbalar berilgan.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026