Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning o‘ndan ortiq kemasi Boltiq dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi
Mashg‘ulotlar davomida "dushman" kemalariga, turli murakkablikdagi havo va dengiz nishonlariga zarbalar berish, artilleriya mashqlari amalga oshiriladi.
Boltiq flotining 10dan ortiq kemasi Boltiq dengizidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Boltiq floti bo‘yicha g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati.
"Boltiq floti jangovar tayyorgarligi doirasida kemalar qator taktik mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Boltiq dengiziga chiqdi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot berilishicha, mashg‘ulotlarda zarba beruvchi va mina qidiruvchi kemalar guruhlari qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida "dushman" kemalariga, turli murakkablikdagi havo va dengiz nishonlariga zarbalar berish, artilleriya mashqlari bajariladi.
Ekipajlar shartli suvosti kemasini topish va yo‘q qilish bo‘yicha ham mashqlar o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarga flot dengiz aviatsiyasi va mingdan ortiq harbiy jalb etilgan.
Avvalroq Latviyada NATO mamlakatlarining harbiy mashg‘ulotlari boshlangandi.
Mavzuga oid
21:21 / 08.02.2026
Fransiyada ORION 2026 harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
14:24 / 06.01.2026
Boltiq dengizida Litva–Latviya optik kabeli shikastlandi
07:41 / 24.10.2025
Boltiq dengizi sohilida 2800 yillik xanjar topildi
13:59 / 22.10.2025