Latviyada respublika qurolli kuchlarining 3 mingga yaqin harbiy xizmatchilari va NATOga a’zo mamlakatlar bo‘linmalari ishtirokida Namejs 2022 xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi.

Ta’kidlanishicha, harbiy mashg‘ulotlarda milliy va ittifoqchi kuchlarning mudofaa sohasidagi o‘zaro hamkorligi tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Namejs 2022 mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Latviyaga Buyuk Britaniya, Litva, Polsha, AQSh, Chexiya va Estoniya harbiy bo‘linmalari kelmoqda.

Shuningdek, NATOning Latviyadagi bataloni ham mashg‘ulotlarga jalb etiladi. Mazkur batalon Albaniya, Italiya, Islandiya, Ispaniya, Kanada, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chernogoriya va Chexiya harbiy bo‘linmalaridan tashkil topgan.

Harbiy mashg‘ulotlar 27 maygacha davom etadi.