Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harris va Tsukerbergga Rossiyaga kirish taqiqlandi
Rossiyaning «qora ro‘yxati»dan oliy rahbarlar, biznesmenlar, ekspert va jurnalistlar o‘rin olgan.
Foto: Getty Images
Rossiya AQSh sanksiyalariga javoban 29 nafar amerikalikni «stop-list»ga kiritdi. Ro‘yxatga kiritilganlar orasida dunyoning eng badavlat odamlaridan biri, Meta asoschisi Mark Tsukerberg ham bor, deb yozadi Forbes.
Xabar qilinishicha, unga va «stop-list»ga kiritilgan boshqa shaxslarga Rossiyaga kirish taqiqlanadi.
Ro‘yxatdan oliy rahbarlar, biznesmenlar, ekspert va jurnalistlar o‘rin olgan. Xususan, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris va uning eri, Oq uy apparati rahbari Ronald Klyayn, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jorj Sallivan va davlat kotibi Entoni Blinkenning turmush o‘rtoqlari hamda davlat departamentining rasmiy vakili Edvard Prays «stop-list»ga kiritilgan.
Shuningdek, Bank of America raisi Brayan Moynihan, LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i bosh ijrochi direktori Rayan Roslanski, ABC telekanali boshlovchisi Jorj Stefanopulos va boshqalarga Rossiyaga kirish taqiqlandi.
Avvalroq AQSh Rossiyaning 29 nafar jismoniy shaxsi va 40 tashkilotiga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
21:35 / 17.01.2026
AQShda rekord darajada ko‘p migrant ushlandi
20:58 / 17.01.2026