Jahon | 23:04 / 23.04.2022
13105
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda 514 nafar mahbus afv etiladi

Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhammedov Qadr kechasi munosabati bilan 514 nafar mahbusni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Foto: Anadolu Agency

Turkmanistonda 27 aprel kuni Qadr kechasi munosabati bilan 500 nafardan ortiq mahbus afv etiladi.

Altın Asır telekanalining xabar berishicha, Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhammedov Qadr kechasi munosabati bilan 514 nafar mahbusni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Farmonga muvofiq, mahbuslarning o‘z oilalariga tezroq qaytishini ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berilgan.

Turkmanistonda o‘tgan yili 1035 nafar mahbus afv etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid