Jahon | 17:49 / 25.04.2022
8744
1 daqiqa o‘qiladi

Japarov Tojikiston bilan chegarani delimitatsiya qilish ishlari sekin borayotganini aytdi 

Qirg‘iziston prezidentining ma’lum qilishicha, chegaraning 600 km uzunlikdagi uchastkasi bo‘yicha muammo yechimini topgan. 

Foto: Anadolu Agency

Tojik-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasi sekin hal bo‘lmoqda, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston bilan chegara masalasi kun tartibidan olib tashlanmagan.

«600 km bo‘yicha muammo hal qilindi, yana 300 km qoldi. Ammo masala sekin hal bo‘lmoqda. O‘ttiz yilda hal bo‘lmagan masala bir oyda hal bo‘lmaydi»,- dedi u. 

Japarovning qayd etishicha, odamlar to‘siq qurish yaxshi degan fikrni bildirmoqda. 

«Bahsli holatlarni yechishimiz bilan har ikki tomon to‘siq qurishni boshlaydi. Chegara postlari ochiladi. Tojikiston bilan munosabatlar ham O‘zbekiston bilan singari bo‘ladi. Munosabatlarimiz avvalgidek davom etadi degan umiddaman», - dedi Qirg‘iziston prezidenti. 

Mavzuga oid