Jahon | 21:32 / 28.04.2022
13550
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun AQSh kongressidan 33 mlrd dollar so‘radi

Ushbu yordam paketi "Ukrainaga qo‘shimcha artilleriya, zirhli texnika, tankka va havo hujumiga qarshi vositalarni to‘xtovsiz yetkazib berishni ta’minlash"ga qaratilgan.

Foto: Global Look Press

AQSh prezidenti Jo Bayden kongressdan Ukrainaga yordam berish uchun qo‘shimcha 33 mlrd dollar ajratilishini so‘radi. 

Ma’lumot berilishicha, prezident ma’muriyati so‘ralgan mablag‘ning 20,4 mlrd dollarini Ukrainaga "harbiy va xavfsizlik sohasida qo‘shimcha yordam" hamda Yevropa xavfsizligini ta’minlashga ajratishni ko‘zlamoqda.

Ushbu yordam paketi "Ukrainaga qo‘shimcha artilleriya, zirhli texnika, tankka va havo hujumiga qarshi vositalarni to‘xtovsiz yetkazib berishni ta’minlash"ga qaratilgan.

Bundan tashqari, Bayden Kiyevga iqtisodiy yordam uchun kongressdan qo‘shimcha 8,5 mlrd dollar so‘radi. Bu mablag‘ biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda "Rossiya dezinformatsiyasi va targ‘ibotiga qarshi" kurashishga sarflanadi.

Ajratiladigan mablag‘ning 500 mln dollarini qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga sarflash ko‘zda tutilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid