Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:31 / 28.04.2022
8359
1 daqiqa o‘qiladi
Stoltenberg NATO Ukrainaga 8 mlrd dollarlik yordam berganini aytdi
Yyens Stoltenberg NATO mamlakatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
Foto: EPA
NATO a’zolari Ukrainaga kamida 8 mlrd dollarlik yordam berdi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.
"NATO bo‘yicha ittifoqchilar Ukrainaga kamida 8 mlrd dollarlik yordam taqdim etdi", - dedi u.
Alyans bosh kotibi NATO mamlakatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
Avvalroq Stoltenberg Xitoyning Rossiyani qoralashni rad etgani NATO uchun chorlov ekanligini aytgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish