Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir guruh tinch aholi vakillari qamal qilingan "Azovstal" hududidan chiqdi
Zavod hududini 25 kishi tark etgan. Ularning 19 nafari kattalar va 6 nafari bolalardan iboratligi aytilmoqda.
Foto: RIA Novosti
Bir guruh tinch aholi vakillari "Azovstal" zavodi hududidan evakuatsiya qilindi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, zavod hududini 25 kishi tark etgan. Ularning 19 nafari kattalar va 6 nafari bolalardan iboratligi aytilmoqda.
“Azovstal”da Ukraina qurolli kuchlarining 36-dengiz piyodalari brigadasi harbiylari va “Azov” guruhi jangchilari joylashgan. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, zavodda harbiylardan tashqari mingga yaqin tinch aholi vakillari bor.
19 aprel kuni DXR “Azovstal” shturmi boshlanganini ma’lum qildi. Mariupol shahar kengashi zavod hududiga bunker buzuvchi juda kuchli bombalar tashlanganini ma’lum qilgan, o‘sha kuni “Azov” vakillari zavod “deyarli butunlay yakson bo‘lgani”ni xabar qilishdi.
21 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Azovstal” shturmini bekor qilishni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariupoldagi sanoat zonalarini shturm qilish maqsadga muvofiq emas.
Mavzuga oid
07:59 / 09.07.2023
«Azov» komandirlari Turkiyadan Ukrainaga qaytarildi, Rossiya norozilik bildirdi
22:25 / 23.09.2022
«Azovstal» himoyachilari ozod qilindi. Rossiyada ular tribunalga tortilishini kutishgandi
17:57 / 23.09.2022
OAV: Roman Abramovich «Azov» komandirlari va xorijliklar asirlikdan qaytarilishida «muhim rol» o‘ynadi
15:29 / 22.09.2022