Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Sharm-al-Shayx o‘rtasida muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
Foto: Kun.uz
Misrdagi kurort shaharga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Joriy yil 7 maydan boshlab Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Misr hududlari o‘rtasidagi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Toshkent – Sharm-al-Shayx – Toshkent yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish: 09:00 (Toshkent vaqti);
- Sharm-al-Shayxga yetib borish: 11:50 (Sharm-al-Shayx vaqti);
- Sharm-al-Shayxdan jo‘nab ketish: 13:20 (Sharm-al-Shayx vaqti);
- Toshkentga yetib borish: 21:30 (Toshkent vaqti).
Bundan oldin Toshkent va Batumi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:54 / 31.03.2026
Toshkent va Shanhay o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
18:55 / 26.03.2026
Toshkent-Maskat yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
21:23 / 10.03.2026
Umra safarlari qayta yo‘lga qo‘yilmoqda
10:01 / 07.03.2026