2022 yil 21 maydan boşlab Uzbekistan Airways Toşkent – Batumi – Toşkent xalqaro yönalişi böyiça mavsumiy parvozlarni amalga oşiradi.
Toşkentdan kurort şaharga aviaqatnovlar haftasiga ikki marta – çorşanba va şanba kunlari quyidagi jadval böyiça amalga oşiriladi:
- çorşanba kunlari, Toşkentdan uçiş: 14:30, Batumiga qöniş: 17:15, Batumidan uçiş: 18:45, Toşkentga qöniş: 23:00;
- şanba kunlari, Toşkentdan uçiş: 06:35, Batumiga qöniş: 09:20, Batumidan uçiş: 10:50, Toşkentga qöniş: 15:05.
Gruziyaga kiriş uçun emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasini taqdim etiş kerak. Aks holda, 10 va undan katta yoşdagi yölovçilar PZR-testining manfiy natijasini taqdim etişi kerak (amal qiliş muddati 72 soat). Test oldindan tasdiqlanişi va röyxatdan ötkazilişi kerak.
Toşkent – Batumi yönalişi böyiça aviaçipta narxi 2 386 569 sömdan (bagajsiz) va 2 746 353 sömdan (bagaj bilan), Toşkent – Batumi – Toşkent yönalişi böyiça esa 4 070 059 sömdan (bagajsiz) va 4 621 728 sömdan (bagaj bilan) boşlanadi.
Eslatib ötamiz, 2019 yil örtalaridan boşlab Uzbekistan Airways Toşkent – Tbilisi – Toşkent yönalişi böyiça haftasiga ikki marta – seşanba va juma kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oşirmoqda.












