Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston muxolifati Yerevan markaziy ko‘chalarini to‘sa boshladi
Muxolifat hukumat iste’fosini talab qilmoqda.
Muxolifat faollaridan iborat guruhlar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib Yerevandagi markaziy ko‘chalarni to‘sa boshladi.
"Bizda hukumat bilan muzokaralar o‘tkazish uchun bitta mavzu bor – hukumatning tezda iste’foga chiqishi", - dedi parlament vitse-spikeri Ishxan Sagatelyan.
Armaniston milliy xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Artur Vanetsyan boshchiligidagi muxolifat faollaridan tashkil topgan yana bir guruh mamlakat tashqi ishlar vazirligi binosi oldida to‘plandi.
Muxolifat Yerevan markazidagi Fransiya maydonida katta miting o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Parlament vitse-spikeri Ishxan Sagatelyan 25 apreldan butun Armanistonda to‘xtovsiz norozilik namoyishlari boshlanishini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026