Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Isroilga kirishda yangi qoidalar o‘rnatilganini ma’lum qildi
Koronavirus pandemiyasi tufayli Isroilga kirish uchun yangi qoidalar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Isroilga parvoz qilishdan oldin yo‘lovchilar «Kirish hisoboti» shaklini (amal qilish muddati 48 soat) to‘ldirishi va Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligidan elektron ruxsatnoma va bortga chiqishdan oldin taqdim etilishi kerak bo‘lgan Green Pass’ni olishi kerak.
Isroildan tashqarida 72 soatdan ortiq vaqt davomida bo‘lgan yo‘lovchilar salbiy PZR-testini taqdim etishi kerak (amal qilish muddati 72 soat). PZR-testi ingliz tilida bo‘lishi kerak va yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tish paytida taqdim etadigan pasportning raqamini o‘z ichiga olishi kerak.
Isroilga yetib borgach, yo‘lovchilar o‘z mablag‘lari evaziga PZR-tekshiruvidan o‘tadi va PZR javobi olinmaguncha o‘zini o‘zi izolyatsiya qiladi.
Isroil orqali tranzitga ruxsat berilmaydi, fuqarolari va rezidentlari bundan mustasno.
Bundan oldin 1 maydan boshlab Qirg‘izistonga kiruvchilardan manfiy PZR-test natijasini so‘rash bekor qilinishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026