Lend-liz haqida: SSSR AQŞ yordamisiz nemislarni yenga olarmidi?
|20:52 / 11.05.202245 30416 min
2022 yil 9 may kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yengillaştirilgan tartibda qurol-yaroğ yuboriş imkonini beradigan lend-liz töğrisida qonunni imzoladi. Bunday qonun avval bir marta - Ikkinçi jahon uruşi çoğida AQŞ öz ittifoqçilariga yordam yuborişi uçun Franklin Ruzvelt tomonidan imzolangandi.
Inglizça lend va lease sözlaridan olingan atama qarzga va ijaraga beriş, degan ma’noni anglatadi. Bu qonun odatda qurol sotişda uçraydigan byurokratik tösiqlarni çeklab ötiş imkonini beradi. Ilk lend-liz haqidagi qonun Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç qabul qilingan. Unga köra AQŞ tomonidan nemislarga qarşi uruşayotgan davlatlarga keng miqyosda yordam körsatilgan.
Foto: publico.pt
1941 yil 11 mart kuni AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt Hitler Germaniyasiga qarşi kuraşayotgan davlatlarga harbiy yordam körsatiş dasturi – lend-liz haqidagi aktni imzolaydi. 1941 yil 22 iyunda Germaniya SSSRga hujum qilgaç, AQŞdan yordam oluvçi davlatlar qatoriga sovet ittifoqi ham qöşiladi. Oradan 81 yil ötib AQŞ prezidenti Jo Bayden ikkinçi marta bunday qonunni imzoladi. Bu safar Rossiya bosqinidan özini himoya qilayotgan Ukrainaga lend-liz asosida harbiy yordam körsatiladi.
Foto: AP
Lend-liz tarixi
1939 yil 1 sentabr kuni Germaniya Polşaga hujum qiladi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga uruş e’lon qiladi. Şu tariqa insoniyat boşiga juda katta kulfatlar solgan Ikkinçi jahon uruşi boşlanadi.
1940 yilda Germaniya armiyasi Yevropaning katta qismini egallaydi va Londonni ham bombardimon qila boşlaydi. Bu paytda Buyuk Britaniyaning asosiy ittifoqçisi bölgan Fransiyani nemislar bosib olgan, Germaniyaga qarşi turişi mumkin bölgan davlatlardan biri SSSR Hitler bilan «döstlik va özaro hujum qilmaslik haqida» şartnoma imzolaşga ulgurgandi. Ana şunday oğir paytda Buyuk Britaniya AQŞdan yordam söraşga majbur böladi.
1941 yil 12 avgust kuni Britaniya boş vaziri Uinston Çyorçil va AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt özaro uçraşib, AQŞning lend-liz asosida Buyuk Britaniyaga körsatadigan yordami masalasida kelişib olişadi.
Foto: stock.adobe.com
Ungaça 1941 yil 11 mart kuni AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt Hitler Germaniyasiga qarşi kuraşayotgan davlatlarga harbiy yordam körsatiş dasturi — lend-liz haqidagi aktni imzolaydi. Şundan söng Germaniyaga qarşi uruşayotgan davlatlarda AQŞdan imtiyozli şartlar asosida harbiy yordam oliş imkoniyati paydo böladi.
Mavzuga oid
1941 yil 22 iyunda Germaniya SSSRga hujum qilgaç, öşa yil kuzda AQŞ prezidenti lend-liz asosida sovetlarga ham yordam berişni közda tutuvçi aktni ham imzolaydi. Şu tariqa sovet ittifoqi ham imtiyozli şartlar asosida AQŞdan harbiy yordam oliş imkoniyatiga ega böladi.
Lend-liz şartlari
Garçi Ikkinçi jahon uruşi tugab, AQŞ bilan munosabatlar sovuqlaşgaç SSSRda lend-lizni «AQŞ öz manfaatlari uçun amalga oşirgan», deb talqin qilişgan bölsa ham aslida unday emasdi.
Franklin Ruzvelt imzolagan qonunga köra:
AQŞ tomonidan ittifoqçilarga yetkazib berilgan va uruş vaqtida foydalanilgan, yöqotilgan hamda duşmanlar tomonidan yöq qilingan materiallar, maşinalar, har xil harbiy texnikalar, qurollar, xomaşyo, boşqa narsalar uçun haq olinmaydi.
Lend-liz dasturiga binoan berilgan va uruş tugagandan söng yaroqli holda saqlanib qolgan turli texnikalarni qarz olgan davlat özida olib qolişni xohlasa, ularning haqi Amerika budjeti hisobidan qoplanadi. Söng AQŞ ularning pulini uzoq muddatli foizsiz kredit qilib rasmiylaştiradi va qarzdor davlat qarzlarini vaziyatga qarab töliq yoki qisman tölab beradi.
Mabodo AQŞ talab qilgan taqdirda uruş davrida yaroqli holda saqlangan turli texnikalar va jihozlar uruşdan keyin Amerikaga qaytarilişi şart böladi.
Yuqoridagi şartlardan kelib çiqilsa AQŞ lend-liz dasturi asosida yetkazib bergan turli texnikalar va jihozlarning hamda boşqa mahsulotlarning bir qismiga pul oladi, xolos. Unda ham uzoq yillik foizsiz kredit asosida. Jahon bozorida harbiy texnikalarning juda qimmat narxlanişi inobatga olinsa, bu uruş paytida katta miqdorda yordam olgan SSSR uçun juda ham manfaatli kelişuv bölgan.
Öşanda AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt lend-lizni izohlab şunday degandi: Qöşnimning uyiga öt ketdi. Menda olovni öçirişda asqotadigan rezina şlang bor. Agar qöşnim ötni öçirişda mening rezina şlangimdan foydalanişni xohlasa men bajonidil berib turaman.
Rossiyada Ruzveltning bu maşhur sözlarini «Agar qöşningni uyiga öt tuşsa, olov senikiga ham yetib kelmasidan unga rezina şlanglaringni berib tur», deb talqin qilişgan.
Lend-liz — bu beğaraz yordam emasligi, turli harbiy texnikalar va boşqa yordamlar olayotgan davlat bir kun kelib baribir ularning pulini tölaşi lozimligi haqida gapiradiganlar yetarliça. Bunday gap-sözlarga öz vaqtida Franklin Ruzvelt şunday deb javob bergan:
«Uyiga öt ketgan qöşnim rezina şlangni söraganda, unga «Rezina şlang menga 15 dollarga tuşgan. Marhamat, uni olib işlatavering, keyin menga 15 dollar tölang, demayman. Menga 15 dollar kerak emas, qöşnim olovni öçirgaç rezina şlangimni qaytarib bersa kifoya».
SSSRga körsatilgan yordamlar
1941 yil yozda Germaniya armiyasi SSSRga bostirib kirgaç Hitler kuzgaça Moskvani olişini, 1941 yil 7 noyabr kuni Qizil maydonda ğalaba paradini ötkazişini e’lon qiladi. Avvaliga barçasi nemislarning rejasi böyiça ketadi. Tuzukroq harbiy texnikalari bölmagan va qurol-yaroğ ta’minotida kamçiliklar yetarliça bölgan sovet armiyasi jiddiy qarşilik körsata olmaydi va nemislar 1941 yilning kuzida Moskvaga yetib kelişadi.
Foto: twitter.com
AQŞdan yordam yetib kela boşlagaç vaziyat biroz özgaradi. Xalqning duşmanga qarşi jipslaşuvi va AQŞdan yuborilgan harbiy samolyotlar, tanklar, oziq-ovqatlar, yonilği va boşqa yordamlar tufayli duşman Moskva ostonasida töxtatiladi.
Uruş tugagunça, AQŞ umumiy hisobda SSSRga lend-liz dasturi orqali jami 11 milliard dollarga teng mahsulotlar yetkazib bergan (dollar undan keyin bir neça marta qadrsizlandi va bu mablağ hozirgi hisobda 160 milliard dollardan oşadi).
AQŞdan SSSRga 17 yarim million tonnaga teng turli xil tovarlar, jumladan:
11 mingdan ortiq samolyot,
12 mingta bronetexnika,
qariyb 2 mingta parovoz,
11 mingdan oşiq vagon,
427 mingta turli rusumdagi avtomobillar,
318 ta turli rusumdagi harbiy kemalar, maşina va uskunalar, oziq-ovqatlar, rangli va qora metallar, kiyim-keçaklar, materiallar, kimyoviy reaktivlar hamda boşqa narsalar jönatilgan.
Yordam kölami şu darajada köp bölganki, 4 yildan oşiqroq vaqt mobaynida jönatilgan aksariyat mahsulotlar, oziq-ovqat va texniklaar hajmi SSSRning özida 1941–1945 yillarda işlab çiqarilgan mahsulotlar hajmining 50 foizidan oşiqroqni taşkil etgan.
Masalan, 1941–1945 yillarda nemislarga qarşi uruşda SSSR foydalangan portlovçi moddalarning 30 foizi, misning 40 foizi, alyuminiy, kobalt, jun, temiryöl relslari va yana boşqa köplab mahsulotlarning 50 foizdan oşiği AQŞdan yuborilgan. Sovetlar AQŞdan bir neça million tonna benzin, kerosin, dizel, aviabenzin va boşqa yonilği-moylaş mahsulotlari olişgan.
Foto: bbc.co.uk
Uruş paytida armiya uçun eng zarur narsa hisoblangan poroxning salmoqli qismi, yana konserva, şakar va ösimlik yoğlari töliq AQŞdan yuborilgan.
Şuningdek, uruşda sovet armiyasiga asqotgan öşa maşhur «Katyuşa»lar ham AQŞdan yuborilgan Studebaker Corporation kompaniyasi tayyorlab bergan yuk maşinalariga örnatilgan edi. Öşa paytda SSSRda «Katyuşa»larni kötaradigan va qiyin şaroitda ham harakatlana oladigan bunday yuk maşinalari bölmagan.
Bundan taşqari, xalq orasida «Villis» nomi bilan tanilgan yengil maşinalar ham uruş paytida lend-liz dasturi asosida AQŞdan jönatilgandi.
Foto: technologijos.lt
Foto: pikabu.ru
AQŞ tomonidan jönatilgan harbiy samolyotlar nemislarga qarşi janglarda tub burilişlarga olib kelişdan taşqari, keyinçalik sovet harbiy va fuqaro aviatsiya sanoatiga asos solinişiga sabab böladi.
Uruş yillarida sovetlar AQŞning yordamini tez-tez e’tirof etişgan. Jumladan, Iosif Stalin 1943 yilda Tehron, 1945 yilda Yalta konferensiyalarida AQŞning yordami uçun minnatdorçilik bildirgan, okean ortidan misli körilmagan yordam yetkazib berilmaganda uruşda ustunlikka va ğalabaga erişib bölmasligini ta’kidlagandi.
Foto: pholder.com
Ammo uruş tugagandan keyin Şarqiy Yevropani tasarruf etişda özaro kelişmovçiliklar, şuningdek, Koreya yarimorolini boşqariş masalasida SSSR va AQŞning harbiy aralaşuvi har ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni ança sovitib yuboradi. Şundan söng SSSRda nemislarga qarşi uruşda AQŞ körsatgan yordam «unutila» boşlanadi.
Ikkinçi jahon uruşida AQŞning SSSRga yordami ahamiyati keyinçalik, har ikki mamlakat örtasida «sovuq uruş» avj olganda sovetlar tomonidan teskari tarğibot olib borilişiga ham sabab böladi. Bir paytlar şaxsan Stalin va boşqa sovet rahbarlari hamda armiya qömondonlari körsatilgan yordam uçun AQŞga minnatdorçilik bildirgan bölsa, endi öşa yordamlar «kapitalistik AQŞ tomonidan foyda uçun qilingani» aytila boşlanadi.
Ammo bugun aksariyat tarixçilar Ikkinçi jahon uruşida AQŞning lend-liz dasturi doirasida SSSRga körsatgan yordami Hitler Germaniyasi ustidan qozonilgan ğalabada muhim rol öynaganini aytişadi. Ularga köra öşanda AQŞ yordamisiz sovetlar nemislarni yenga olmasligi ham mumkin edi.
SSSR lend-liz haqini qanday tölagan?
Lend-liz şartiga köra SSSR faqat yaroqli saqlangan harbiy texnikalarni qaytarib berişi yoki ularni öziga olib qolib, AQŞga pulini tölaşi şart edi. Ikkinçi jahon uruşi tugagandan söng ikki davlat SSSR tölaşi lozim bölgan yakuniy miqdorni muhokama qilişga kirişadi.
Hisob-kitoblar yakuni böyiça SSSRga körsatilgan yordam miqdori qariyb 11 milliard dollar bölgani ma’lum böladi. AQŞ şundan sovet ittifoqi tölaşi lozim bölgan mablağni 2,6 milliard dollar hisoblaydi. Keyingi muhokamalarda AQŞ bu mablağning ham yarmidan keçadi va SSSR 1,3 milliard dollar tölaşi belgilanadi.
Avvaliga SSSR tomoni bu mablağni tölaşga e’tiroz bildirmaydi. Ammo uruş tugagandan söng har ikki davlat örtasida keskinlik oşib boravergaç, sovetlar bor-yöği 170 million dollar tölaşlarini ma’lum qilişadi. Oradan biroz ötib ,SSSR tölanişi lozim bölgan miqdorni 200 millionga kötarişini va pullarni 50 yil davomida bölib tölaşini bildiradi.
Tabiiyki bu AQŞni qanoatlantirmasdi. Amerikaliklar SSSRdan 1 milliard dollarni 30 yilda bölib tölaşni talab qilişadi, ammo sovetlar könmaydi. Şu tariqa muzokaralar boşi berk köçaga kirib qoladi.
Keyinçalik dunyoning turli çekkalarida öz ta’sir doirasini ötkaziş masalasida har ikki davlat örtasida kelişmovçiliklar battar kuçayadi va sovetlar AQŞga umuman pul tölamaydi.
Jumladan, 1951 yilda AQŞ qarz miqdorini 800 million dollarga kamaytiradi. Ammo SSSR uni tölaşdan yana boş tortadi.
Faqat 1969-1974 yillarda AQŞ prezidenti bölgan Riçard Nikson davrida SSSR-AQŞ munosabatlari biroz iliqlaşadi. Ana şu paytda 1972 yilda har ikki davlat örtasida Ikkinçi jahon uruşi davridan qolib kelayotgan qarzlarni tölaş tartibi haqida şartnoma imzolanadi. Unga köra SSSR 30 yil davomida AQŞga 722 million dollar tölab berişga rozi böladi.
Şundan söng SSSR amerikaliklarga uç marta jami 48 million dollar tölaydi. 1979 yilda SSSRning Afğonistonga bostirib kirişi tufayli AQŞ bilan aloqalar yana yomonlaşadi va pul tölaş töxtatib qöyiladi.
1990 yilda SSSR va AQŞ prezidentlari qarz masalasida yangi şartnoma imzolaşadi. Unga köra dollar ança qadrsizlanib ketgani uçun SSSR 2030 yilgaça 40 yil mobaynida AQŞga 674 million dollar tölab beradi.
SSSR tarqab ketgaç uning vorisi bölgan Rossiya avvaliga AQŞning qarzini tölaşdan boş tortadi va uni ittifoqdoş respublikalar barçasi birgalikda tölaşi lozimligini aytadi. Keyinçalik 1993 yilda Boris Yelsin qarzni Rossiya tölaşini ma’lum qiladi va 2006 yilgaça u töliq tölab beriladi.
Foto: publico.pt
Qisqaça aytganda, Ikkinçi jahon uruşi davrida hisoblangan bir neça milliard dollarlik qarz oradan 50 yil ötib, arzimagan pul bilan tölangan.
Harbiy yordam olgan boşqa davlatlar
Ikkinçi jahon uruşi davrida AQŞ lend-liz doirasida birgina SSSRga emas, balki Hitler Germaniyasi va Yaponiyaga qarşi uruşayotgan bir neçta davlatga yordam bergan.
Jumladan, Buyuk Britaniya, Eron, Fransiya, Xitoy Respublikasi (Tayvan) kabi davlatlar AQŞdan yordam olişgan.
Buyuk Britaniyaning lend-liz dasturiga binoan AQŞdan olingan yordam böyiça qarzi 4,3 milliard dollarni taşkil etgan. Buyuk Britaniya hududida uruş harakatlari bölmagan. Bu davlat quruqlikdagi janglarga nemislar ança kuçsizlanib qolgan 1943 yildan qöşilgani uçun aksariyat harbiy texnikalar soz holda saqlanib qolgan. Şu sababli Buyuk Britaniya AQŞga tölaşi lozim bölgan mablağ SSSRga hisoblangan qarzdan köproq edi.
Buyuk Britaniya uruş davrida Kanadadan ham qarzga qurol-yaroğ olib, katta miqdorda qarz bölgandi. Rasmiy London har ikki davlatga oxirgi pullarni 2006 yilda tölab berdi va qarzlarni yopdi.
1946 yil 28 may kuni Fransiya va AQŞ örtasida lend-liz dasturiga binoan yetkazib berilgan qarzlarni tölaş masalasi muhokama qilinadi. Muhokama söngida Fransiya AQŞ mahsulotlari uçun bojlarni kamaytirişi hisobiga amerikaliklar qarzdan voz keçişadi.
Lend-liz dasturi böyiça Ukrainaga yordam beriladi
«2022 yilda Ukrainadagi demokratiyani himoya qilişga qaratilgan lend-liz» deb nomlanuvçi qonun Kongressga hali Rossiya Ukrainaga bostirib kirişidan avval, yanvar oyida kiritilgan. 3 may kuni Vakillar palatasi katta ustunlik bilan (417 kişi rozi, 10 kişi qarşi bölgan) qonunni ma’qulladi. Ungaça hujjat AQŞ senati tomonidan ham ma’qullangandi. Vakillar palatasida qonun loyihasi köpçilik tomonidan ma’qullanişiga 24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani ham sabab böldi deyiş mumkin.
Foto: Reuters
Imzolangan qonunga köra, endilikda AQŞ prezidenti töğridan töğri Ukrainaga yoki Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan jabr körgan Şarqiy Yevropa davlatlariga qarz yoki harbiy qurollarni ijaraga yuboriş böyiça hukumatga topşiriq berişi mumkin. Qonun örtadagi katta vaqt oladigan byurokratik tösiqlarni çeklab ötişga imkon beradi.
AQŞ uruş boşlangandan buyon Ukrainaga uç marta harbiy yordam yubordi. Ularning har biri 800 million dollarni taşkil etgan. Şuningdek, pul va boşqa körinişda ham yordam yuborilgan. 28 aprel kuni Jo Bayden Ukrainaga yordam körsatiş uçun Kongressdan qöşimça 33 milliard dollar söragandi. 10 may kuni AQŞ kongressi vakillar palatasi Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam körsatişni ma’qulladi.
Oddiy holatda Ukraina AQŞdan ijaraga olgan qurollarini 5 yil içida qaytib berişi va yetkazilgan zararni öşa vaqtning özida tölaşi şart bölardi. Endi bunday bölmaydi va lend-liz dasturi böyiça AQŞ öz ixtiyoridagi qurollarni Ukrainaga uzoq muddatga ijaraga berişi mumkin.
Şuningdek, bu qonun Bayden administratsiyasidan Kongressga Ukrainaga yuboriladigan har qanday qurol haqida hisob beriş majburiyatini vaqtinça olib taşlaydi. Harbiy ekspertlarning fikriça, endilikda AQŞ Ukrainaga katta miqdorda oğir qurollar yuborişi mumkin. Bu esa hozir Rossiya bilan töxtab qolgan muzokaralarda tiklanadigan bölsa, Ukrainaga ustunlik beradi.