Ta’kidlanişiça, yordam miqdorini oşiriş uçun 368 kongressmen ovoz berdi, 57 nafari qarşi çiqdi. Qonun loyihasiga qarşi ovoz bergan barça qonunçilar Respublikaçilar partiyasi a’zolari bölgan.

Agar taşabbus Senat tomonidan qöllab-quvvatlansa, dastlab AQŞ prezidenti Jo Bayden taklif qilgan yordam paketi 7 milliard dollarga - 33 milliard dollardan 40 milliard dollarga oşiriladi. 

AQŞ matbuotiga köra, qonun loyihasi Ukraina qurolli kuçlari va milliy xavfsizlik kuçlarini öqitiş, jihozlar, qurol-yaroğlar, moddiy-texnik ta’minot va xizmatlarni öz içiga olgan xavfsizlik uçun 6 milliard dollar, şuningdek, qoçqinlarni qöllab-quvvatlaş, uy-joy bilan ta’minlaş va til örganiş kurslari uçun 900 million dollar ajratişni nazarda tutadi. 

Qonun loyihasida közda tutilgan mablağning taxminan 8,7 milliard dollari «Ukrainadagi şoşilinç ehtiyojlarni qondiriş uçun» Iqtisodiy qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga yönaltiriladi. 

Endilikda hujjat AQŞ Senati tomonidan ma’qullanişi kerak, şundan söng u prezident tomonidan tasdiqlanadi. 

Senatdagi köpçilik yetakçisi Çak Şumerning aytişiça, qonun loyihasi vakillar palatasi tomonidan ma’qullangandan söng kongressning yuqori palatasi qonun loyihasini qabul qiliş va Baydenga imzolaş uçun yuboriş uçun «tez harakat qiladi».