Bolgariya AQSh bilan «Gazprom»nikidan past narxda gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldi
Bolgariyaga iyun oyidan boshlab AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berila boshlaydi, deya ma’lum qildi mamlakat bosh vaziri Kiril Petkov. Bu gaz «Gazprom»nikidan arzonroq bo‘ladi.
Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgach, Bolgariya AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) sotib olishga rozi bo‘ldi.
Bolgariya bosh vaziri Kiril Petkov 11 may, chorshanba oqshomida Amerika yonilg‘isining yetkazib berilishi iyun oyida boshlanishi kerakligi, uning narxi Rossiyaning «Gazprom» davlat konserninikidan biroz pastroq bo‘lishini aytib o‘tdi.
Bolgariya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQShdan STG Bolgariyaga dengiz orqali Gretsiya yoki Turkiya gaz terminallari orqali yetkaziladi. Shu bilan birga, u uzoq muddatli kelishuv gaz narxini AQShdan birinchi gaz partiyalaridan ham pastroq qilishni nazarda tutishiga ishontirdi. Shunga qaramay, Petkov aniq raqamlarni keltirmagan.
Aprel oyi oxirida Rossiya Bolgariyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib, o‘z qarorini mamlakat gaz uchun rublda to‘lashdan bosh tortgani bilan izohladi. Rossiya Bolgariyaning gazga bo‘lgan barcha ehtiyojining 90 foizini ta’minlagan, shuning uchun Sofiya endi ushbu energiya manbasini muqobil tarzda olishga harakat qilmoqda.
Kiril Petkovning so‘zlariga ko‘ra, Bolgariya Ozarboyjondan ham gaz ta’minotini kutmoqda. Bundan tashqari, boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bolgariya bosh vaziri ta’kidlashicha, mamlakatda gaz iste’molini cheklashning hojati bo‘lmagan.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024