Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShTning Moskvada o‘tadigan yubiley sammitida Ukraina mavzusi muhokama qilinishi mumkin
Sammit doirasida Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko uchrashuv o‘tkazadi.
Moskvada 16 may kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"16 may kuni KXShTning 30 yilligi munosabati bilan Moskvada tashkilotga a’zo davlatlar sammiti bo‘lib o‘tadi", - dedi u.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, KXShT mamlakatlari rahbarlari uchrashuvida Ukrainadagi vaziyat mavzusi ham muhokama qilinishi mumkin.
Sammit doirasida Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko uchrashuv o‘tkazadi.
KXShT xavfsizlik masalalari bo‘yicha tuzilgan tashkilot bo‘lib, unga Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:33 / 23.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha sammit: YeI rahbarlari o‘z birdamligini ta’kidladi
18:08 / 17.12.2025