Jahon | 18:43 / 13.05.2022
6476
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyadagi vazirliklarda 90 ming ish o‘rni qisqartiriladi

Qayd etilishicha, qisqartirishlar evaziga yiliga 3,5 mlrd funt sterling tejalishi mumkin. 

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson vazirliklardagi 90 mingta shtatni qisqartirish bo‘yicha rejasini taqdim etdi. 

Xabar qilinishicha, bosh vazir vazirlar mahkamasi a’zolaridan vazirliklardagi shtatlar sonini sezilarli darajada kamaytirishni talab qilgan.

«Yashash qiymatini kamaytirish uchun hukumatning xarajatlarini kamaytirishimiz kerak»,— dedi Jonson  Daily Mail nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirliklardagi shtatlar «shishirilgan», qisqartirishlar evaziga esa yiliga 3,5 mlrd funt sterling tejalishi mumkin.

Ekspertlarning qayd etishicha, davlat xizmatlaridagi shtatlar «Breksit» bilan bog‘liq muammolar, so‘ngra esa koronavirus pandemiyasi sababli 25 foizga oshirilgandi. Endilikda vazirlar bir oy ichida shtatlarni qisqartirish bo‘yicha rejalarini taqdim etishi lozim.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid