«Azov» jangçilarini nima kutmoqda - almaşuv yoki Rossiya sudi?
|22:46 / 20.05.202235 9829 min
Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETAFoto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupol mudofaasida qatnaşib, asir tuşgan ukrain harbiylari taqdiri noma’lum bölib qolmoqda. Kremlparast manbalarda «Azov» polki jangçilarini qattiq jazolaş böyiça talablar yangramoqda - Rossiya propagandasi ularni «natsist jinoyatçilar» deb ataydi. Ammo Ukrainada ham köplab rossiyalik harbiy asirlar bor, ularning köpçiligi öta oğir jinoyatlarda gumonlanmoqda, şuning uçun ukrainlar ham xuddi şu tarzda javob qaytarişi mumkin. Moskva va Kiyev harbiy asirlar muammosini qanday hal qilmoqçi?
19 may kuni Rossiya mudofaa vazirligi «Azovstal» mudofaasida qatnaşgan ukrain harbiy asirlari aks etgan yangi videoni namoyiş etdi.
Rossiya tomoni ma’lumotiga köra, 16 maydan buyon (öşanda zavoddan yarador jangçilarni olib çiqiş böyiça kelişuvga erişilgandi) 1730 nafar harbiy taslim bölgani, şundan 80 nafari oğir yaradorlar ekani aytiladi. 20 may kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu zavoddan 1908 nafar ukrain «millatçi» çiqqani, yana 177 kişi tinç aholi vakillari ekanini ma’lum qildi. Zavod içida yana qança harbiy qolgani noma’lum. Hozirça yuqori lavozimli harbiylar taslim bölişmagan.
Rossiya naşrlari oğir yaradorlar Mariupoldan şarqda, Rossiya çegarasi yaqinida joylaşgan Novoazovsk şaharçasidagi şifoxonaga joylaştirilganini ma’lum qilgan.
Harbiy asirlarning aksari Donetsk yaqinidagi Olenivka posyolkasidagi qamoqxonaga jönatilmoqda - Mariupol meri maslahatçisi Petro Andryuşçenkoning ma’lumotiga köra, bu yerda filtratsiya jarayonidan öta olmagan uç-tört ming atrofidagi mariupolliklar ham saqlanmoqda.
OAV ma’lumotiga köra, «Azovstal» mudofaasidagilarning 89 nafari Rossiya hududiga olib ötilgan va Taganrogdagi izolyatorga joylaştirilgan.
Ukrain harbiylarini olib ketayotgan avtobuslar kolonnasi, 17 may.
Alessandro Guerra / EPA / Scanpix / LETA
Qisqaça tarixi
Mariupol mart oyi boşida rossiyalik harbiylar tomonidan örab olingandi. Şahar Milliy gvardiyaning «Azov» polki jangçilari, dengiz piyodalari, çegaraçilar, hududiy mudofaa kuçlari va politsiyaçilar tomonidan mudofaa qilindi. Mariupol mudofaasi Rossiya armiyasining yirik bölinmalarini şu yerda uşlab turişdi va bu ukrain harbiylariga vaqtdan yutişda imkon berdi - yangi mudofaa çiziqlari va zaxira kuçlari tayyorlaş uçun.
Mavzuga oid
Aprel oyi oxirida rossiyalik harbiylar şaharning katta qismini egallaşdi, ukrain harbiylari (ular bilan birga tinç aholi vakillari) «Azovstal» zavodida qamalda qoldi. Ularga qarşi tanklar taşlandi, hudud oğir artilleriya va aviatsiyadan öqqa tutildi, ammo qarşilik davom etdi.
Kombinat mudofaaçilari korxona hududi ostidagi yertölalar antisanitar holatda ekani, dori-darmon, suv va oziq-ovqat tugagani, 600 nafar atrofida yaradorlar borligini ma’lum qildi.
17 mayga ötar keçasi Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi «Azovstal»dagi harbiylarni «qutqariş amaliyoti» haqida e’lon qildi. Idora bayonotida oğir yarador bölgan 53 kişi Novoazovskdagi şifoxonaga, yana 211 nafar harbiy xizmatçi - Olenivkaga olib ketilganini ma’lum qildi.
«Mariupol» garnizoni berilgan harbiy topşiriqni bajardi. Oliy harbiy qömondonlik tomonidan Azovstaldagi bölinmalar komandirlariga şaxsiy tarkib hayotini saqlab qoliş buyruği berilgandi… «Azovstal» hududida qolayotgan himoyaçilarni qutqariş böyiça çora-tadbirlar davom etmoqda», — deyiladi Boş ştab bayonotida. Harbiylar «almaşuv jarayoni orqali» Ukrainaga qaytarilişi aytildi.
Volodimir Zelenskiy öz videomurojaatida «ukrain qahramonlari Ukrainaga tirik holda kerakligi», ularni qaytariş işlari «ehtiyotkorlik va vaqt talab etişi»ni ta’kidladi.
Harbiy asirlar va tutib turilgan tinç aholi vakillari almaşinuvi keng tarqalgan amaliyotdir. Qoidaga köra, harbiy mojaro vaqtida almaşuv «birga bir» hisobida amalga oşiriladi, ammo yuqori martabali harbiy asirlikka tuşgan bölsa, ikkinçi tomon köproq narsa talab etişi mumkin.
Harbiy harakatlar yakunlanib, tinçlik sulhi tuzilgaç esa almaşuv odatda «barçaga barçani» prinsipi böyiça keçadi. Bu qoida faqat tomonlardan biri sözsiz taslim (kapitulyatsiya) bölgan taqdirda işlamasligi mumkin.
Ukrainalik harbiylar Mariupolni mart oyi boşidan buyon himoya qilayotgandi. Foto: Getty Images
Rossiyalik uruş tarafdorlariga almaşuv ğoyasi yoqmayapti. 2014 yilda Donbassda bölib ötgan uruş qatnaşçisi, özini özi mustaqil deb e’lon qilgan DXRning sobiq mudofaa vaziri Igor Girkin (Strelkov) öz telegram-kanalida şunday yozadi: «Xabarlarga köra - kapitulyatsiya röy bermadi, balki navbatdagi şarmandali kelişuv tuzildi. Yakunlarni kutamiz. Agar «Azov qahramonlari» yaqin kunlarda Kiyevda gullarga burkanadigan bölsa - buni zararkunandalik va ahmoqlikning yana bir ğalabasi sifatida baholaş mumkin».
«PriZrak Novorossii» telegram-kanali yanada radikal fikr bildirdi - u Mariupol mudofaasidagi «Azov» polkini asosiy maqsadi «rus/sovet odamlarini yöq qiliş» bölgan «mafkuraviy-rusofob bölinma» deb atadi.
Uning mualliflari oçiqçasiga asirga tuşganlarning heç birini tirik qoldirmaslikka, öldirişdan oldin ularni namoyişkorona qiynoqqa solişga çaqirdi.
Rossiyalik qator siyosatçilar ham almaşuvga qarşilik bildirgan. 17 may kuni «Spravedlivaya Rossii - Za pravdu» fraksiyasidan Davlat dumasi deputati bölgan Anatoliy Vasserman «natsist jinoyatçilar»ni almaşişni taqiqlovçi qaror yoki qonun qabul qilişni taklif etdi.
Vasserman ukrainalik harbiy xizmatçilar qaysi mezonlarga köra ukrainalik harbiylar natsist jinoyatçilar deb tasniflanişi kerakligiga aniqlik kiritmagan, ammo Duma spikeri Vyaçeslav Volodin bu ğoyani qöllab-quvvatlagan va mudofaa va xavfsizlik sohasi böyiça qömitani bu masalaga jalb etgan.
Bunday qaror loyihasini 18 may kuni körib çiqiş rejalaştirilgandi, ammo buni nimadir töxtatib qoldi - Duma Vassermanning taşabbusini muhokama qilmadi.
Tinçlik muzokaralarida Rossiya delegatsiyasi tarkibida bölgan deputat Leonid Slutskiy esa «Rossiyada ölim jazosiga moratoriy qöyilgan bölsa-da, istisno qiliş va sudga oliy jazo qöllaş imkoniyatini beriş» haqida gapirgandi.
«Kommersant’» ma’lumotiga köra, Moskvada çindan ham ukrainalik harbiylarni almaşuv böyiça reja yöq va Rossiya hukumati almaşuv böyiça muzokaralarga jon kuydirmoqçi emas.
18 may kuni Federatsiya Kengaşining Konstitutsiyaviy qonunçilik va davlat qurilişi qömitasi rahbari Andrey Klişas telegram-kanalida «Azov»ga mansub bölgan barça neonatsistlar Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida sodir etilgan jinoyatlar uçun sudlanişi kerakligi»ni yozdi.
Naşr ma’lumotiga köra, parlamentning quyi palatasidagilar ham bunday yondaşuvni ma’qullaydi.
Bundan taşqari, RF boş prokuraturasi Oliy suddan «Azov»ni terrorçi taşkilot sifatida tan oliş va Rossiyada uning faoliyatini taqiqlaşni söragan.
Avvalroq DXR rahbari Denis Puşilin ukrain harbiylari taqdirini sud hal qilişini aytgandi.
Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyarning hisoblaşiça, rossiyalik siyosatçilarning «azovçilar»ni almaşiş imkoni yöqligi haqidagi bayonotlari faqat içki propaganda uçun möljallangan.
«Uşbu qutqaruv amaliyoti va muzokaralar davomida u yerdan turli kuçlarga mansub bölgan turli odamlarning turli bayonotlarini eşitmoqdamiz. Şuning uçun biz ularni Rossiyaning içki iste’moli uçun propaganda maqsadiga qaratilgan siyosiy bayonotlar sifatida qabul qilişimiz kerak», dedi Malyar.
«Muzokaralar davom etmoqda, çunki qutqaruv amaliyotining özi bir neça murakkab bosqiçlardan iborat. Bu jarayon juda nozik. Biz ommaviy e’lon qiladigan har qanday ma’lumot jarayonning öziga va himoyaçilarimizga zarar yetkazişi mumkin», degan u.
Ukrainada ham köplab rossiyalik harbiy asirlar bor va Ukraina hukumati ham ularni harbiy jinoyatlar sodir etişda (tinç aholi vakillari yoppasiga öldirilişi, zöravonlik va talonçilikda) ayblab sud qilişi mumkin.
Bunday sud jarayonlaridan birinçisi Kiyevda boşlanib ketgan - rossiyalik 21 yoşli serjant Vadim Şişimarin Sumi oblastida qurolsiz tinç aholi vakilini öldirişda ayblanmoqda. Sud davomida rossiyalik harbiy xizmatçi aybiga iqror bölgan, u umrbod qamoq jazosiga mahkum etilişi mumkin.