Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Tramp Zelenskiyni butun Donbassni Rossiyaga berishga chaqirgan
Oq uyda Volodimir Zelenskiy bilan suhbat chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp unga, agar Rossiyaga Donbass berilmasa, Ukrainani «yo‘q qilishini» aytdi, deb yozadi The Financial Times.
Foto: Bonnie Cash/UPI Photo/newscom/picture alliance
17 oktyabr kuni Oq uyda Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp uni «Rossiya shartlarini qabul qilishga» chaqirib, aks holda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani «yo‘q qilishi» haqida ogohlantirgan. Bu haqda 19 oktyabr, yakshanba kuni manbalarga tayanib, Financial Times nashri xabar berdi.
Oq uy rahbari, xususan, Ukraina prezidentini FT xabariga ko‘ra, Ukrainaning uchta viloyati — Donetsk, Luxansk va Dnipropetrovskning bir qismini o‘z ichiga olgan butun Donbass mintaqasini Rossiyaga topshirishga chaqirdi. Biroq, Zelenskiy oxir-oqibat Trampni hozirgi frontda urushni tugatishni qo‘llab-quvvatlashga ishontira oldi, deya qo‘shimcha qiladi gazeta.
The Washington Post (WP) avvalroq Putin Zelenskiy Vashingtonga kelishidan bir kun oldin Tramp bilan telefon orqali suhbatda Ukrainadagi urushni tugatish sharti sifatida Donetsk viloyati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni aytgani haqida xabar bergan edi. Gazetaning manbalariga ko‘ra, buning evaziga Rossiya prezidenti Zaporijjya va Xerson viloyatlarining bir qismiga bo‘lgan da’volaridan voz kechishga tayyorligini bildirgan.
WP'ning qayd etishicha, Putinning hozirgi hududiy talablari Tramp bilan Ankorijdagi uchrashuvi chog‘ida bildirilganidan biroz kamroq.
Mavzuga oid
08:52 / 04.12.2025
Tramp: Putin kelishuv tuzishni va «normal hayotga qaytishni» istayapti
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
21:10 / 02.12.2025
Tramp 5 soatda ijtimoiy tarmoqda 160 dan ortiq post joyladi
08:12 / 30.11.2025