
Ukrainadagi uruş. Sönggi ma’lumotlar
- Ötgan kunda yana 300 nafardan ortiq ukrain askari Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan çiqdi. Ukraina prezidenti buni mudofaani ikki oy mobaynida uşlab turgan «harbiylarni qutqariş amaliyoti» deb atagan, Rossiya hukumati esa bunga kapitulyatsiya deb baho bermoqda. «Azovstal» mudofaaçilari Donetsk yaqinidagi Olenevka posyolkasida joylaşgan qamoqxonaga yetkazilgan. Ularning orasida - 50 nafar atrofida oğir yaradorlar bor. Bir kun oldin 260 dan ortiq harbiy asirga tuşgandi.
- Kiyevda rossiyalik harbiy xizmatçi, Sumi oblastida qurolsiz tinç aholi vakilini öldirişda ayblanayotgan Vadim Şişimarin ustidan sud jarayoni davom ettirilmoqda. Bu Ukraina hududida sodir etilgan jinoyat uçun sud qilinayotgan ilk RF armiyasi harbiysidir.
- Şvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo böliş uçun ariza topşirdi. Rasmiy javobni bir neça hafta kutiş kerak böladi. Qoidaga köra, yangi a’zolar qabul qilinişini alyansning barça 30 a’zosi ma’qullaşi kerak. Hozirça bunga Turkiya qarşi bölib turibdi, ammo bu borada muzokaralar olib borilmoqda, Bryussel va NATO bu muammo bölmasligini aytmoqda.
- Kun avvalida Dnepr böylab raketa zarbalari yöllandi, natijada, mahalliy rasmiylar ma’lumotiga köra, transport infratuzilma obekti va turar joy binosini vayron qilgan, Dnepr oblasti ma’muriyatiga köra, raketalardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi orqali tutib qolingan. Şuningdek Nikolayevdagi portlaşlar haqida xabarlar bor.
- Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) rossiyalik gimnast Ivan Kulyakni bir yilga diskvalifikatsiya qildi, u mart oyida Dohada ötkazilgan Jahon kubogida taqdirlaş marosimida Rossiyaning Ukrainadagi uruşi ramziga aylangan Z belgisi qöyilgan formada çiqqandi.
Quyida 17 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kiyev va Kiyev oblasti

































