Jahon | 23:06 / 23.05.2022
6454
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Falastin va Isroilga boradi

Mavlud Chovusho‘g‘li Falastin va Isroil tashqi ishlar vazirlari hamda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Foto: AFP/Getty Images

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li 24-25 may kunlari Falastin va Isroilga tashrif buyuradi

Mamlakat tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Chovusho‘g‘li 24 may kuni Falastinda bo‘lib o‘tadigan Turkiya va Falastin tashqi ishlar vazirlari qo‘shma qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etadi. 

Shuningdek, Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy hamda prezident Mahmud Abbos bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Chovusho‘g‘li 25 may kuni Isroilda mamlakat tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan uchrashuv o‘tkazadi. Xabar qilinishicha, muzokaralar ikki tomonlama va kengaytirilgan shaklda o‘tkaziladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid