Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriyada Ukrainadagi vaziyat sababli favqulodda holat joriy etiladi
Viktor Orbanning qayd etishicha, Ukrainadagi vaziyat Vengriya xavfsizligi, energiya ta’minoti hamda iqtisodiyot va oilalar moliyaviy xavfsizligini xatarga qo‘yadi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainadagi vaziyat sababli mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilishini e’lon qildi.
"Hukumat konstitutsiyaga muvofiq bugundan boshlab harbiy favqulodda holat e’lon qilish huquqini amalga oshiradi. Bu koronavirus epidemiyasi vaqtida joriy etilgan favqulodda holat singari hukumatga Vengriya va venger oilalarini har qanday vositalar yordamida zudlik bilan himoya qilish imkonini beradi", — dedi u Facebook sahifasida qilgan murojaatida.
Vengriya hukumati rahbarining qayd etishicha, Ukrainadagi vaziyat Vengriya xavfsizligi, energiya ta’minoti hamda iqtisodiyot va oilalar moliyaviy xavfsizligini xatarga qo‘yadi.
Vazirlar mahkamasining ilk qarorlari ertaga e’lon qilinadi, dedi Orban.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026
Vengriya ukrain mahsulotlari importini yana taqiqladi
09:03 / 11.05.2026