Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Ukraina yo‘nalishida operativ qo‘mondonlik tuzishni talab qildi
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga Polsha va Boltiq davlatlari orqali hamda «Ukrainadagi jangovar harakatlar eskalatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun» bosim bo‘lishi mumkin.
Foto: AP
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatni Ukraina bilan chegaradosh janubiy yo‘nalishda mudofaa qilish uchun yangi operativ qo‘mondonlik tuzishni talab qildi.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga Polsha va Boltiq davlatlari orqali hamda «Ukrainadagi jangovar harakatlar eskalatsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun» bosim bo‘lishi mumkin.
«Afsuski, yangi yo‘nalish, yangi front ochildi va bunga e’tibor qaratmasdan turolmaymiz», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Belarus qo‘mondonlik tuzmasdan va qurolli kuchlar rotatsiyasini o‘tkazmasdan janubiy chegaralarini qo‘riqlashga majbur.
«Biz rotatsiya o‘tkazishimiz shart — bu mening qat’iy talabim. Va bu yerga harbiylarimizni joylashtirishimiz kerak. Bu harbiy davr sharti. Faqat hozircha urushsiz», — dedi Lukashenko.
Belarus va Rossiya fevralda birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgandi. 18 fevralda Vladimir Putin mashg‘ulotlar mudofaa tusiga egaligi va hech kimga xavf solmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
15:56 / 02.02.2026
Polshaga Belarusdan yana havo sharlari uchib keldi
14:51 / 26.01.2026
Zelenskiy: Belarusning Rossiyaga qaramligi - Yevropa uchun tahdid
08:53 / 24.01.2026
Belgiya xato sabab “Tinchlik kengashi”ga Belarus o‘rniga kiritib qo‘yildi
10:30 / 21.01.2026