Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg Shvetsiya va Finlandiya Turkiyaning talablarini bajarishi kerakligini aytdi
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya va Finlandiya 28 iyungacha Turkiyaning talablarini bajarmaydigan bo‘lsa, bu mamlakatlar alyans a’zoligiga nomzod bo‘la olmaydi.
Foto: Anadolu Agency
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga a’zo bo‘lishi masalasida Turkiyaning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
«Hech bir mamlakat terrorizmdan Turkiyachalik jabrlanmagan», - dedi u Anqarani NATOning muhim ittifoqchisi deb atarkan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchi mamlakatda xavotirlar mavjud bo‘lsa, bu masalani muhokama qilish va yechish kerak.
«Doim shunday bo‘lib kelgan. Masalan, Gretsiya Shimoliy Makedoniyani nomi sababli NATOga kirishini bloklagan. Bu muammoni yechish uchun 10 yildan ortiq vaqt kerak bo‘ldi», - dedi Stoltenberg.
NATO bosh kotibi ispaniyalik jurnalistlarga kurdlarni Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilari bilan bog‘lamaslik kerakligini aytdi.
«Sizlar kurdlar haqida gapiryapsiz, ammo keling tan olaylik, gap bir nechta kurd guruhlari haqida ketmoqda, Kurdiston ishchi partiyasi esa YeIda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ularning Shvetsiya yoki Finlandiyada ekani muhim emas», - dedi u.
Stoltenberg Shvetsiya va Finlandiya NATOning Madriddagi sammitida taklif etilgan mamlakat sifatida qatnashishi mumkinligini, biroq 28 iyungacha Turkiyaning talablarini bajarmaydigan bo‘lsa, ular alyans a’zoligiga nomzod bo‘la olmasligini aytdi.
Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga qabul qilinishiga qarshi chiqmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, bu mamlakatlar Anqara terrorchi deb e’lon qilgan tashkilotlar a’zolariga boshpana bergan hamda Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan.
Mavzuga oid
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
13:10 / 13.01.2026
NATO Arktikada xavfsizlikni oshirish bo‘yicha qadamlarni ishlab chiqmoqda
17:20 / 11.01.2026
OAV: Yevropa davlatlari Grenlandiyaga NATO qo‘shinini joylashtirmoqchi
22:07 / 09.01.2026