Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya NATOning Qora dengizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan harbiy mashg‘ulotlarini bekor qildi
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan bir necha kun o‘tib, Anqara Montryo konvensiyasiga muvofiq Rossiya va Ukraina harbiy kemalari uchun Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlarini yopgandi.
Turkiya Montryo konvensiyasining Qora dengizga harbiy kemalarni kiritmaslik to‘g‘risidagi moddasiga asosan NATOning harbiy mashg‘ulotlarini bekor qildi va ortga surdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li ma’lum qildi.
«NATOning avvaldan rejalashtirilgan mashg‘ulotlari bor edi. Ularni bekor qildik, qoldirdik», — dedi u.
1936 yilda qabul qilingan Montryo konvensiyasi Turkiyaning Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlari ustidan suverenitetini tiklagan hujjat hisoblanadi.
Konvensiyaning 19-moddasida Turkiya ishtirokchi bo‘lmagan urush vaqtida nizo tomonlarining harbiy kemalari bu bo‘g‘ozlar orqali o‘tkazilmasligi ko‘zda tutilgan.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan bir necha kun o‘tib, Anqara Montryo konvensiyasiga muvofiq Rossiya va Ukraina harbiy kemalari uchun mazkur bo‘g‘ozlarni yopgandi.
Bosfor va Dardanella Qora dengizni O‘rtayer dengizi bilan bog‘laydi. Bu bo‘g‘ozlarning har ikki sohilini Turkiya nazorat qiladi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026