Milliy valuta — “söm ramzi”ni işlab çiqiş böyiça ötkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi. Markaziy bank matbuot xizmati xabar berişiça, tanlov natijalariga köra, hay’at tomonidan Özbekiston milliy valutasi – “söm”ning öziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha sifatida Jumagaldiyev Sarvar tomonidan işlab çiqilgan grafik belgi tanlab olindi.
Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov işlarini quyidagi mezonlarga muvofiq baholadi:
- öziga xoslik (unikal) va originallik;
- universallik;
- oson tanib olinişi;
- ramziy va farqli jihatlari;
- söm ramzining turli formatlarda grafik qöllanişining qulayligi.
Ma’lumot uçun, hozirgaça özbek sömida, boşqa valutalardan farqli ravişda ramz körinişidagi belgisi yöq edi. Qisqartma sifatida “söm”, “sӯm” yoki “sum” qöllangan.
MDH hududida arman drami (֏), ukrain grivnasi (₴), ozar manati (₼), qozoq tengesi (₸), qirğiz somi (⊆) va Rossiya rubli (₽) kabi valutalarning grafik ramzlari mavjud.








