Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga charter reyslari orqali go‘sht yetkazib berishi mumkin
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin bilan uchrashdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, Batsumber Munxjin Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi holati haqida so‘zlab berdi. Chorvachilik mamlakat agrar sektorining eng rivojlangan tarmog‘i hisoblanadi. Mo‘g‘ulistonda 70 millionga yaqin yirik va mayda qoramol bo‘lsa, shundan 35 millionga yaqini qo‘y.
Shuningdek, Batsumber Munxjin bugungi kunda o‘zaro tovar yetkazib berish asosan quruqlikdagi transport orqali amalga oshirilayotganini ta’kidlab, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqning yangi yo‘lagi sifatida charter reyslarini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha quyidagi kelishuvlarga erishildi:
O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga yetkazib beriladigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini oshirish (O‘zbekistonda har yili 20 mln tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqariladi va dunyoning 100 ga yaqin davlatiga 80 dan ortiq turdagi yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar eksport qilinadi);
Mo‘g‘ulistondan go‘sht va go‘sht mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish;
O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning o‘zaro savdo va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishda hamkorlik qilishdan manfaatdor korxonalari ro‘yxatini tuzish;
bog‘dorchilik va issiqxonalarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish bo‘yicha ikki davlat ilmiy idoralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Mavzuga oid
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
22:25 / 04.10.2024
Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
09:40 / 07.09.2024