Los-Anjyelesda Demokratik partiya homiylari bilan uçraşuv çoğida Bayden yil boşida tez orada Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli tajovuzi boşlanişi töğrisidagi bayonotlar köpçilik uçun u qadar real körinmaganini tan oldi. «Men ular nega bu haqda eşitişni istaşmaganini tuşunaman», degan Bayden.

Ammo u yana şunday ta’kidlaydi: «Men bilaman - köplar meni oşirib yuborayotgan bölişi mumkin deb öylaşgan. Ammo men buni aniq bilardim va bizda Putin çegarani kesib ötişga otlanganini tasdiqlaydigan barça ma’lumotlar bor edi. Bunga heç qanday şubha yöq edi. Va Zelenskiy ham boşqa köplar qatori buni eşitişni istamagandi».

Şu bilan birga Bayden Putinni Ukrainaning «nafaqat xalqini, balki madaniyatini ham yöq qilişga uriniş»da ayblagan va rossiyaliklar prezidenti Kiyevni «Ona Rossiya merosi» deb bilişini aytgan.

Ğarb razvedka xizmatlari vakillari rossiyalik harbiylar Ukraina bilan çegara yaqinida töplanayotgani töğrisida 2021 yil kuzidan xabar bera boşlagan. Keyin ular tajovuz ehtimoli töğrisidagi aniqroq sanalarni aytişgan. Yanvar oyi oxirida Bayden bir neça bor Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotlarda voqealarning şunday rivoji - reallaşganini aytdi.

Zelenskiy öşanda vahima qözğamaslikka çaqirgan, ammo Kiyev «turli ssenariylarga jiddiy tayyorlanayotgani»ni ma’lum qilgan.

28 yanvar kuni u xorijlik jurnalistlar bilan uçraşuvda şunday degandi: «Bugun biz avvalgidan köra jiddiyroq eskalatsiyani körmayapmiz. Ha, harbiylar soni jiddiy darajada ortgan, ammo men bu haqda 2021 yil boşida, Rossiya Federatsiyasi öquv maşğulotlari töğrisida gapirganimda ham aytgandim [...] Va hozir ham men vaziyat öşa maşğulotlarning avj pallasidagidan köra keskinroq deb hisoblamayman - vaziyat öşanda ham juda keskin edi».

«Bizga bunday vahima kerak emas [...] Bizga mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorlaşuvi kerak [...] çunki «ertaga uruş» boşlanişi haqidagi signallar yangramoqda - hatto davlatlarning hurmatli rahbarlaridan ham signallar keldi, ular diplomatik tilda ham emas, oçiqçasiga şunday demoqda: «Ertaga uruş böladi». Bu — vahima. Bozorlarda vahima, moliyaviy sektorda vahima. Bu bizning davlatimizga qançaga tuşadi!» degandi Zelenskiy.

Baydenga Kiyevda qanday javob qaytarişdi?

Baydenning Zelenskiy Amerikaning ogohlantirişga quloq tutmagani haqidagi sözlariga bir neça ukrain amaldorlari munosabat bildirişdi.

Volodimir Zelenskiy şanba kungi matbuot anjumanida. Foto: Reuters

«Eşitişni istamagan» iborasi, katta ehtimol bilan, izoh talab qiladi. Qolaversa, agar eslasangiz, Ukraina prezidenti hamkorlarni Rossiyani qöşinlarini uzoqlaştirişga va vaziyatni keskinlaştirmaslikka undaş uçun ogohlantiruvçi sanksiyalar paketini kiritişga çaqirgandi. Va bu örinda biz ham hamkorlarimiz «bizni eşitişni xohlamagandi» deyişimiz mumkin», degan Zelenskiyning matbuot kotibi Volodimir Nikiforov.

Uruş boşlanişidan oldin, bir neça oy davomida Zelenskiy köp bor Ğarbni Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaşga va qöşinlarini ukrain çegaralari yaqinidan olib ketişni talab qilişga çaqirgandi. Ammo Ğarb mamlakatlari bosqin röy bergan taqdirda qöllanişi nazarda tutilgan çeklov çoralarini muhokama qiliş bilan çeklangandi.

Nikiforov ortidan Baydenning sözlariga Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixail Podolyak ham javob berdi.

«Agar [Ukraina] uruşga «tayyorlanmagan» bölsa, nima uçun birinçi zarbalar maketlarga berildi, barça öq-dorilar joylarga taqsimlandi, yanvar va fevral oylarida esa maşğulotlar ötkazildi? Ukraina uruşga ötgan yildan buyon tayyorlanib keldi: kutilayotgan bosqin töğrisidagi ma’lumotlarni nafaqat Ğarb razvedkasi, balki biznikilar ham berib kelişdi», deya yozgan u tvitterida.

«Rossiya ekspansiya (imperialistik davlatlarning yangi territoriyalarni bosib olişga intilişi) böyiça turli ssenariylarni işlab çiqayotganini yaxşi bilardik. Volodimir Zelenskiyning stolida doimo yuqori sifatli razvedka ma’lumotlariga asoslangan tegişli tahliliy ma’lumotlar bölgan. Prezident hamkorlarimizning barça sözlari va ogohlantirişlariga diqqat bilan javob qaytardi.

Asosiy savol Rossiyaning bosqini kölami qay darajada bölişi borasida edi», degan Podolyak Liga.net portaliga bergan izohida. 

Uning sözlariga köra, Ukrainaning butun hududi muntazam ravişda intensiv öqqa tutilişini prognoz qilib bölmasdi. «Bosqinning kölami köplab mamlakatlarni, jumladan, Ukraina hamkorlarini ham şokka tuşirib qöyganiga şubha yöq», degan u.

«Va nihoyat, menimça, asosiy davlatlar Rossiya Federatsiyasining militaristik iştahasini juda yaxşi bilgan holda uni ogohlantiriş signallari bilan töxtata olmaganida, 100 kundan ortiq vaqtdan beri ança qudratli va katta resurslarga ega raqibga qarşi tölaqonli uruş olib borişni uddalayotgan mamlakatni ayblaş bema’nilikdir», - deya xulosa qilgan Podolyak.

Eng köp yordam - AQŞdan

Reintegratsiya va okkupatsiya qilingan hududlar böyiça vazir Irina Vereşçuk esa, Ğarb mamlakatlari bosqinning ilk kunida Zelenskiyga Kiyevni tark etişni tavsiya qilişganini eslatib, ukrainlar prezidenti bunday qilmagani uruşning birinçi bosqiçida hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan bölişi mumkinligini aytdi.

«Bizning Ğarbdagi hamkorlarimiz, albatta, prezident Zelenskiy ularning Rossiya bosqini töğrisidagi ogohlantirişini eşitişni istamagani haqida gapirişi mumkin. Rossiyaning oçiqçasiga hujum qilişidan oldin prezident nima qilişi kerak bölgani haqida turliça taxminlar bildirişi mumkin. 

Ammo bosqin boşlanganidan keyin bizning prezident öz xavfsizligiga jiddiy tahdidlar bölganiga qaramay, poytaxtni taşlab ketmadi. Oçiğini aytadigan bölsak, u ğarblik hamkorlarimiz tavsiyalarini eşitişni xohlamadi. Va aynan bu qaror katta ahamiyatga ega bölgan, buning ahamiyatini faqat vaqt ötib baholay olamiz», deya yozgan u telegram-kanalida.

AQŞ Ukrainaga butun dunyo mamlakatlarinikidan köproq yordam körsatmoqda. Amerika kongressi Kiyev uçun 40 mlrd dollar ajratgan, bu mablağlar qurollar sotib-oliş va boşqa maqsadlarga yönaltiriladi.

Bundan taşqari, Bayden ma’muriyati Ukrainaga uzoq masofaga otuvçi gaubitsalar va zamonaviy baravar öt oçiş reaktiv tizimlari yuborgan, bu orqali ukrain hukumati RF armiyasining artilleriya bobidagi katta ustunlik farqini yöqqa çiqarişga umid qilişi mumkin.