Volodimir Zelenskiy Ukraina, uning Yevropadagi ittifoqçilari va AQŞ Vaşington tomonidan Rossiya iştirokida işlab çiqilgan va Jyeneva hamda Floridadagi muzokaralardan keyin özgartirilgan tinçlik rejasi böyiça muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti muzokaralarda Ukraina uçun ustuvor bölgan uçta masalani sanab ötgan va bu masalalar bir vaqtning özida eng murakkablaridir: hududlar masalasi, xavfsizlik kafolatlari hamda mudofaa va uruşdan keyingi tiklaniş uçun pul ajratilişi.

Duşanba kuni Zelenskiy Fransiyaga taşrif buyurib, prezident Emmanuel Makron bilan uçraşdi, yakşanba kuni esa Ukraina delegatsiyasi Floridada muzokaralar ötkazib, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, Donald Trampning maxsus elçisi Stiv Uitkoff va Amerika prezidentining kuyovi Jared Kuşner bilan tinçlik rejasini muhokama qilgandi.

Makron bilan qöşma matbuot anjumanida Zelenskiy tinçlik rejasining yakuniy versiyasini kelişiş davom etayotgani, hozirga kelib «reja yaxşiroq körinişga kelgani»ni ta’kidladi.

U tomonlarning yakşanba kungi maslahatlaşuvlari olti yarim soat davom etganini xabar qilgan.

«Oçiğini aytaman – hududiy masala eng murakkabi, – dedi Ukraina prezidenti. – Pul va tiklaniş masalasini esa yevropalik hamkorlarsiz qabul qiliş oson emas, çunki pulning özi Yevropada. Menimça, bu unçalik adolatli emas. Va xavfsizlik kafolatlari masalasida AQŞ tomonidan ham, Yevropa tomonidan ham aniqlik bölişi juda muhimdir».

«Men bularni uçta asosiy mavzu, asosiy yöllar va bir vaqtning özida trigger ham deb atagan bölardim», – deydi Zelenskiy.

Gap aynan qanday talablar haqida ketmoqda?

OAV ma’lumotiga köra, rejaning 28 banddan iborat dastlabki versiyasida Rossiyaning Ukraina hududlarini anneksiya qilganini tan oliş va Ukraina qurolli kuçlarini Donetsk oblastining Rossiya egallab ololmagan qismlaridan ham olib çiqib ketiş haqida gap borgan. Kiyevdagilar bir neça bor bunga yöl qöyib bölmasligini aytişdi, Ukrainaning Yevropadagi ittifoqçilari ham bunday qadamlarga qarşi çiqişdi.

Tinçlik rejasining birinçi versiyasi Rossiyadan sanksiyalarni bosqiçma-bosqiç olib taşlaşni va mojaro iştirokçilarini harbiy jinoyatlar uçun amnistiya qöllaşni ham nazarda tutgan.